Yangilangan Konstitutsiya, advokatura va yoshlar

Andijon viloyat yuridik texnikumida “Yangilangan Konstitutsiya, advokatura va yoshlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Konstitutsiya qabul qilinganligining 32-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi Islombek Bilolov, advokatlar Zafarbek Qodirov va Jamshid Ro‘zioxunovlar ishtirok etdi.

Tadbirda 2023-yilning 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendumda qabul qilingan yangilangan Konstitutsiyaga advokaturaga oid alohida bob kiritilgani, advokatlar faoliyati mustaqilligining konstitutsiyaviy kafolatlari kuchaytirilgani qayd qilindi.

Kiritilgan mazkur normada advokatura faoliyatining asosiy prinsiplari belgilandi. Xususan, yagona kasbiy birlashmasi sifatida advokaturaga oid barcha masalalar bevosita advokatlar tomonidan hal etilishini nazarda tutuvchi – o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi belgilandi. Bu esa, advokatlar kasbiy mustaqilligining asosiy kafolati hisoblanadi.

Shuningdek, advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi, advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanishi nazarda tutilgan.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan