✅ Davlat o’rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish ishlari bahor va kuz oylarida ob-havo sharoiti, daraxtlar va butalarning tutuvchanligi, shuningdek, har bir daraxt va butaning turlariga mos keladigan ekishning agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda olib boriladi. (https://lex.uz/docs/6165732#6167219)
❕Bunda yilning boshqa fasllarida ham ehtiyojdan kelib chiqib daraxtlar va butalarni ekish mumkin.
🚫 Tumanlar (shaharlar) markaziy ko’chalarini ko’kalamzorlashtirish uchun ekiladigan daraxt va buta ko’chatlarining ko’karuvchanligini ta’minlash maqsadida yoshi 5 yildan kam bo’lgan ko’chatlarni hamda sug’orish tizimi mavjud bo’lmagan yerlarga ko’chatlarni ekish taqiqlanadi.