DIQQAT Eʼ L O N !
Andijon Yuridik texnikumi yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitob mutoaalasi orqali ularning og‘zaki nutqini o‘stirish, mustaqi fikrlashga o‘rgatish hamda kitob o‘qish madaniyatini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, yoshlar erishayotgan yutuqlarni targ‘ib qilish va qo‘llab – quvvatlash maqsadida oʻquvchilar oʻrtasida “Eng faol kitobxon” koʻrik-tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov “Eng faol kitobxon”
N I Z O M iga muvofiq quyidagi shartlar boʻyicha oʻtkaziladi:
1-shart. “Mening sevimli asarim”, “Mening sevimli yozuvchim” mavzularida taqdimot tayyorlash va uni himoya qilish. (5-7 daqiqa)
2-shart. “Tezkor savol-javob”. (Bunda oʻzbek adabiyotining yirik namoyondalari Said Ahmad, Tohir Malik, Oʻtkir Hoshimov, Muhammad Yusuf, Zulfiya hayoti va ijodiga oid savollar beriladi.)
3-shart. Erkin mavzu. (Ushbu shartda oʻquvchilar oʻzlari xohlagan badiiy asardan parcha sahnalashtirishlari, biror badiiy asardan monolog yoki sheʼrni ifodali oʻqishlari mumkin. Bu shartda ishtirokchilar guruhdoshlari yordamidan foydalanishlari mumkin.