Аndijon viloyati maʼmuriy sudida tizimda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda korruptsiyaga qarshi kurashish masalalariga bagʼishlangan davra suhbati oʼtkazildi. Tadbirga viloyat yuridik texnikumi talabalari taklif etildilar.

Muloqotda jamiyat taraqqiyoti va mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy xavf tugʼdiruvchi illat – korruptsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari xususida soʼz yuritildi. Joriy yil 5 mart kuni davlatimiz rahbari raisligida oʼtkazilgan Korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha Milliy kengashning kengaytirilgan yigʼilishida koʼtarilgan masalalarning jamiyat hayotidagi ahamiyati xususida fikr almashildi.

Uchrashuv ishtirokchilariga, shuningdek, qonunchilikka kiritilgan oʼzgartirishlarga koʼra, endilikda videokonferentsaloqa rejimida oʼtkaziladigan sud majlislarida mobilь videokonferentsaloqa tizimidan foydalangan holda masofadan ishtirok etish bilan bogʼliq yangiliklar, uning qulaylik va afzalliklari xususida ham tushunchalar berildi.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan