{"id":37,"date":"2020-10-31T22:40:06","date_gmt":"2020-10-31T17:40:06","guid":{"rendered":"http:\/\/anyut.uz\/?page_id=37"},"modified":"2021-04-07T11:24:10","modified_gmt":"2021-04-07T06:24:10","slug":"texnikum-nizomi","status":"publish","type":"page","link":"https:\/\/anyut.uz\/?page_id=37","title":{"rendered":"Texnikum nizomi"},"content":{"rendered":"<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>adliya vazirining 2021 yil<\/strong><strong>\u00a0 \u00a0<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u00a0\u00a0<\/strong><strong>\u201c<\/strong> <strong>15<\/strong> <strong>\u201dmartdagi<\/strong> <strong>85-um-son <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>buyrug\u2018iga 3-ILOVA <\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Andijon viloyati yuridik texnikumining<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>USTAVI<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>1-bob. Umumiy qoidalar<\/strong><\/p>\n<ol>\n<li>Ushbu Ustav o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumning maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.<\/li>\n<li>Andijon viloyati yuridik texnikumi (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 texnikum) O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ\u20133666-son \u201cO\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi qaroriga asosan tashkil etilgan.<\/li>\n<li>Texnikum \u2013 Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta\u2019lim dasturlari asosida oliy ta\u2019lim tizimi bilan integratsiyalashgan o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan davlat ta\u2019lim muassasasi hisoblanadi.<\/li>\n<li>Texnikum o\u2018z faoliyatida O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 Adliya vazirligi), Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi Hay\u2019at qarorlari va buyruqlari, Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 universitet) Kengashi qarorlari va rektori buyruqlari, Andijon viloyati adliya boshqarmasining (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 adliya boshqarmasi) topshiriq va ko\u2018rsatmalari, shuningdek, mazkur Ustavga amal qiladi.<\/li>\n<li>Texnikum adliya boshqarmasi tuzilmasiga kiradi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Texnikum faoliyati mahalliy va xorijiy grantlar, ta\u2019lim xizmatlarini ko\u2018rsatish, ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlaridan olingan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag\u2018lari, o\u2018quvchilarni davlat buyurtmasi va to\u2018lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to\u2018lov-kontrakt asosida o\u2018qitishdan tushadigan mablag\u2018lar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag\u2018lari asosida moliyalashtiriladi. Adliya boshqarmasi texnikum o\u2018quvchilarining kasbiy ta\u2019lim jarayonida amaliy ko\u2018nikmalarini shakllantirishda, mehnat bozorida Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi mutaxassislarga (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 mutaxassislar) bo\u2018lgan ehtiyojni aniqlashda, bitiruvchilarni ish bilan ta\u2019minlashda ko\u2018maklashadi.<\/p>\n<ol start=\"6\">\n<li>Texnikum o\u2018z faoliyatini davlat va xo\u2018jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, notarial idoralar, FHDYo va advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o\u2018zaro hamkorlikda amalga oshiradi.<\/li>\n<li>Texnikum yuridik shaxs hisoblanib, o\u2018zining mustaqil balansiga, alohida mol-mulkiga, O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalarga, shaxsiy g\u2018azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlariga, rekvizitlarga ega bo\u2018lgan, o\u2018z nomidan shartnomalar tuzadigan, mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradigan, yuklangan majburiyatlarni bajaradigan hamda sud, arbitraj organlarida da\u2019vogar va javobgar bo\u2018ladigan ta\u2019lim muassasasi hisoblanadi.<\/li>\n<li>Texnikumning rasmiy nomlanishi:<\/li>\n<li>a) davlat tilida:<\/li>\n<\/ol>\n<p>to\u2018liq nomi: \u201cAndijon viloyati yuridik texnikumi\u201d (Andijon viloyati yuridik texnikumi), qisqartirilgan nomi \u2013 \u201cAYT\u201d (AYuT);<\/p>\n<ol>\n<li>b) ingliz tilida: to\u2018liq nomi: \u201cAndijan law college\u201d, qisqartirilgan nomi \u2013 \u201cALC\u201d;<\/li>\n<li>v) rus tilida:<\/li>\n<\/ol>\n<p>to\u2018liq nomi: \u201cYuridicheskiy texnikum Andijanskoy oblasti\u201d, qisqartirilgan nomi \u2013 \u201cYuTA\u201d.<\/p>\n<ol start=\"9\">\n<li>Texnikumning joylashgan joyi (pochta manzili): 170100, Andijon shahri, Do\u2018stlik ko\u2018chasi, 2-uy.<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: center;\">2<strong>-bob. Texnikumning asosiy maqsad va vazifalari<\/strong><\/p>\n<ol start=\"10\">\n<li>Texnikumning asosiy maqsadi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>Xalqaro tasniflagichning kamida 3 yoki 4-darajasiga mos ta\u2019lim dasturlarini tamomlagan, umumiy o\u2018rta ma\u2019lumotga ega bo\u2018lgan shaxslar hisobidan \u201cHayot davomida ta\u2019lim olish\u201d prinsipi asosida shakllantirilgan guruhlarda kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yildan kam bo\u2018lmagan muddatda kunduzgi, kechki, masofviy va sirtqi ta\u2019lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to\u2018lov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash;<\/p>\n<p>kadrlar buyurtmasi asosida professional kasbiy malakaga ega bo\u2018lgan kadrlar tayyorlash;<\/p>\n<p>xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta\u2019lim dasturlari asosida oliy ta\u2019lim tizimi bilan integratsiyalashgan o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim bosqichida kadrlar tayyorlash;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarni tanlangan mutaxassislik bo\u2018yicha zamonaviy talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko\u2018nikma va malakaga hamda yuksak ma\u2019naviy-axloqiy sifatlarga ega bo\u2018lgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etib tayyorlashdan iborat.<\/p>\n<ol start=\"11\">\n<li>Quyidagilar texnikumning asosiy vazifalari hisoblanadi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab yuqori bo\u2018lgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar bo\u2018yicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo\u2018llash ko\u2018nikmalariga ega hamda xorijiy tillarni biladigan yuridik kadrlar tayyorlash;<\/p>\n<p>egallagan mutaxassislik bo\u2018yicha mehnat faoliyati bilan shug\u2018ullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishni va kasbiy tayyorgarlikni ta\u2019minlaydigan ta\u2019lim standartlari doirasida tanlangan mutaxassislik bo\u2018yicha o\u2018qitish;<\/p>\n<p>tanlab olingan mutaxassislik bo\u2018yicha bir yoki bir necha kvalifikatsiyani egallash jarayonida o\u2018quvchilarning kasbiy layoqat, ko\u2018nikma va malakalarini oshirish;<\/p>\n<p>ta\u2019lim jarayonini o\u2018quv jarayoniga ilg\u2018or standartlarni joriy etishga qaratilgan zamonaviy shakllar va uslublar, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish;<\/p>\n<p>o\u2018quv jarayoniga tegishli mutaxassislik va kasblar bo\u2018yicha boy ish tajribasiga ega bo\u2018lgan amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etgan holda yuridik ta\u2019lim va huquqni qo\u2018llash amaliyotining o\u2018zaro yaqin hamkorligini ta\u2019minlash;<\/p>\n<p>mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarda vatanparvarlik, milliy o\u2018zlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy an\u2019analariga hurmat, Vatan bilan g\u2018ururlanish va iftixor tuyg\u2018usini shakllantirish;<\/p>\n<p>zamonaviy innovatsion o\u2018quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, o\u2018quvchilar amaliyotini tashkil etish uchun tegishli hududlardagi davlat va xo\u2018jalik boshqaruvi organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa tashkilotlar, ta\u2019lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilar uchun mo\u2018ljallangan yangi avlod darsliklari, maxsus o\u2018quv-uslubiy adabiyot yaratishda ishtirok etish;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarni ma\u2019naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;<\/p>\n<p>ta\u2019lim standartlari talablariga ko\u2018ra o\u2018quvchilar egallashi lozim bo\u2018lgan malaka va ko\u2018nikmalarni o\u2018quvchilar ongiga singdirish;<\/p>\n<p>o\u2018qituvchi, ta\u2019lim oluvchilarning sog\u2018lig\u2018ini muhofaza qilish, sog\u2018lom turmush tarzini joriy etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;<\/p>\n<p>ta\u2019lim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, o\u2018quv-metodik bazani yaratish va o\u2018quv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega bo\u2018lgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish. Texnikum qonun hujatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>\u00a03-bob. Texnikumning huquq va majburiyatlari <\/strong><\/p>\n<ol start=\"12\">\n<li>Texnikum:<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi hududida o\u2018z nomidan yuridik va jismoni y shaxslar bilan vakolati doirasida shartnomalar va normativ hujjatlar tuzish;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va ushbu Ustavga zid bo\u2018lmagan faoliyatni amalga oshirish;<\/p>\n<p>ta\u2019lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o\u2018qituvchilar o\u2018rtasida sog\u2018lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tanlovlarni tashkil etish;<\/p>\n<p>respublika iqtisodiyoti, xo\u2018jalik va xizmat ko\u2018rsatish sohasida mutaxassislarga bo\u2018lgan talab va real ehtiyojlar asosida belgilangan tartibda tegishli mutaxassislar tayyorlovchi qo\u2018shimcha yo\u2018nalishlar, shartnoma asosida kasbga tayyorlovchi qisqa muddatli o\u2018quv kurslari ochish;<\/p>\n<p>texnikum o\u2018quvchilarining kasbiy ko\u2018nikmalarini rivojlantirish, shuningdek qo\u2018shimcha mablag\u2018lar jalb etish maqsadida pullik xizmat ko\u2018rsatish faoliyati bilan shug\u2018ullanish;<\/p>\n<p>to\u2018lov-kontrakt asosida o\u2018qitishdan tushadigan mablag\u2018lar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablag\u2018larni texnikumning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va ta\u2019lim-tarbiya jarayonini zamonaviy o\u2018quv-texnik vositalar, mebellar bilan ta\u2019minlashga, texnikum xodimlarini ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyat samaradorligini oshirishni rag\u2018batlantirishga sarflash huquqiga ega.<\/p>\n<p>Texnikum qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<ol start=\"13\">\n<li>Texnikum:<\/li>\n<\/ol>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cTa\u2019lim to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuni, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining ta\u2019lim-tarbiya sohasidagi farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlari, Adliya vazirligi hamda Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligining va boshqa vakolatli davlat organlarining tegishli hujjatlarida belgilangan vazifalarni bajarishga;<\/p>\n<p>texnikumning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, budjet va budjetdan tashqari mablag\u2018laridan samarali foydalanish hamda mablag\u2018 bilan ta\u2019minlashning muqobil manbalarini, shu jumladan, tashkilotlar, homiylar mablag\u2018larini, xorijiy investitsiyalarni jalb etishga;<\/p>\n<p>ta\u2019lim standartlari, o\u2018quv rejasi va fan (modul) dasturlari asosida yuqori sifatli o\u2018rta maxsus professional ta\u2019limni berishga;<\/p>\n<p>texnikum axborot-resurs markazi fondini umumiy o\u2018quvchilar sonini hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan darsliklar va o\u2018quvmetodik adabiyotlar (shu jumladan, badiiy adabiyotlar) majmui bilan yetarli darajada muntazam ravishda to\u2018ldirib borishni ta\u2019minlash hamda o\u2018quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etishga;<\/p>\n<p>texnikum o\u2018qituvchilari malakasini oshirish, tajriba almashinuvini tashkil etish va moddiy jihatdan qo\u2018llab-quvvatlashga;<\/p>\n<p>ta\u2019lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga;<\/p>\n<p>pedagogik faoliyatning sifati, ijtimoiy maqomi, nufuzi va obro\u2018-e\u2019tiborini oshirish borasida faoliyat ko\u2018rsatishga;<\/p>\n<p>mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan ta\u2019lim-tarbiya va mehnat sharoitlarini yaratishga majbur.<\/p>\n<p>Texnikum qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>4-bob. Ta\u2019lim oluvchilar<\/strong><\/p>\n<ol start=\"14\">\n<li>Texnikumga o\u2018quvchilarni o\u2018qishga qabul qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.<\/li>\n<li>Qonun hujjatlariga muvofiq o\u2018qishga qabul qilingan O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo\u2018lmagan shaxslar texnikum o\u2018quvchisi hisoblanadi.<\/li>\n<li>O\u2018qishda erishgan yutuqlari, o\u2018quv-ishlab chiqarish, ijodiy faoliyat va texnikumning boshqa ishlarida faol qatnashgan o\u2018quvchilarga moddiy va ma\u2019naviy rag\u2018batlantirishning turli xil shakllari qo\u2018llaniladi.<\/li>\n<li>Texnikum o\u2018quvchilari:<\/li>\n<\/ol>\n<p>texnikum faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari orqali) ishtirok etish;<\/p>\n<p>belgilangan tartibda adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktorning buyruqlari ustidan shikoyat qilish;<\/p>\n<p>ta\u2019lim dasturlari bo\u2018yicha ta\u2019limni davom ettirishini to\u2018xtatish bo\u2018yicha texnikum rahbariyatiga murojaat qilish;<\/p>\n<p>kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli ko\u2018riktanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish;<\/p>\n<p>ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash bo\u2018yicha murojaat qilish;<\/p>\n<p>fan, texnika va zamonaviy madaniyatning rivojlanishiga mos bilimlarni olish;<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston yoshlar ittifoqining texnikumdagi boshlang\u2018ich tashkilotiga saylash va saylanish, ta\u2019lim muassasasi faoliyatiga tegishli muhim masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;<\/p>\n<p>o\u2018quv-tarbiya jarayonida belgilangan tadbirlarni o\u2018tkazishda xona va o\u2018quv xonalari, laboratoriya, axborot-resurs markazi va ta\u2019lim muassasasining boshqa tarmoqlaridan bepul foydalanish;<\/p>\n<p>o\u2018qishini boshqa ta\u2019lim muassasasiga ko\u2018chirish; akademik ta\u2019til olish; o\u2018qishini qayta tiklash;<\/p>\n<p>qonun hujjatlariga muvofiq ta\u2019lim muassasasining tegishli yo\u2018nalishlarida ta\u2019limni davom ettirish;<\/p>\n<p>ta\u2019lim olishda o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim dasturida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqlardan foydalanish huquqiga ega. O\u2018quvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishlari mumkin.<\/p>\n<ol start=\"18\">\n<li>Texnikum o\u2018quvchilari:<\/li>\n<\/ol>\n<p>ta\u2019lim standartlarida belgilangan talablarni o\u2018quvchilar belgilangan muddatlarda bajarishi hamda bilim va ko\u2018nikmalarni egallash;<\/p>\n<p>o\u2018quv reja va dasturlarida nazarda tutilgan talablarni belgilangan muddatlarda bajarish hamda bilimlarni egallash;<\/p>\n<p>uzrsiz sabablarga ko\u2018ra dars mashg\u2018ulotlarini qoldirmaslik;<\/p>\n<p>mazkur Ustav, texnikumning Ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq qoidalariga hamda o\u2018quv intizomiga rioya qilish;<\/p>\n<p>texnikum binolari va uning mol-mulkini asrab-avaylash;<\/p>\n<p>to\u2018lov-kontrakt bo\u2018yicha majburiyatlarini o\u2018z vaqtida bajarishga majbur.<\/p>\n<p>Texnikum o\u2018quvchilari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>5-bob. O\u2018quv-tarbiyaviy va ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy ishlar<\/strong><\/p>\n<ol start=\"19\">\n<li>Texnikum \u201cyurisprudensiya\u201d yo\u2018nalishi bo\u2018yicha o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim asosida o\u2018qitishni amalga oshiradi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Texnikumda ta\u2019lim berish kamida 2 yil muddatda kunduzgi, kechki, masofaviy va sirtqi ta\u2019lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to\u2018lovkontrakt asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Bunda, kechki, masofaviy va sirtqi ta\u2019lim shaklida o\u2018qish muddati va semestrlar davomiyligi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan me\u2019yorlar asosida shakllantiriladi.<\/p>\n<ol start=\"20\">\n<li>Ta\u2019limning mazmuni Davlat ta\u2019lim standartlari asosida universitet tomonidan ishlab chiqilgan o\u2018quv reja va dasturlar asosida belgilanadi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Har bir mutaxassisliklar bo\u2018yicha kadrlarning tayyorgarlik darajasiga qo\u2018yiladigan talablar Davlat ta\u2019lim standartlariga mos bo\u2018lgan kasblar tasniflagichida belgilanadi.<\/p>\n<ol start=\"21\">\n<li>Texnikumda ta\u2019lim jarayoni kredit-modul tizimi asosida huquqshunoslik fanlari bo\u2018yicha o\u2018quvchilarda tizimli fikrlash, ish yuritish ko\u2018nikmalarini rivojlantirish, protsessual hujjatlar tuzish qobiliyatini shakllantirish, chet tillar bo\u2018yicha o\u2018quv yuklamasini oshirish nazarda tutilgan holda va ish beruvchilarning zamonaviy tendensiyalari hamda ehtiyojlarini hisobga olishga qaratilgan, chuqurlashtirilgan va kasbga yo\u2018naltirilgan o\u2018quv rejasi, dasturi hamda o\u2018quv-metodik materiallar bo\u2018yicha tashkil etiladi.<\/li>\n<li>Texnikumda o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim dasturlarini bajarish qonun hujjatlarida belgilangan davrda amalga oshiriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Texnikumda:<\/p>\n<p>o\u2018quvchilar o\u2018qitish kurslari bo\u2018yicha guruhlarga birlashtiriladi;<\/p>\n<p>guruhlarni to\u2018ldirish, o\u2018qituvchilarning o\u2018quv yuklamasi va o\u2018quv-tarbiya jarayonini belgilash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.<\/p>\n<ol start=\"23\">\n<li>Guruhlarda o\u2018quvchilar soni o\u2018rta maxsus professional ta\u2019limga mo\u2018ljallangan davlat ta\u2019lim standartlariga muvofiq belgilanadi.<\/li>\n<li>Texnikumda, qoida tariqasida, o\u2018quv mashg\u2018ulotlarining ma\u2019ruza, seminar va amaliy mashg\u2018ulot kabi turlari belgilanadi.<\/li>\n<li>Ta\u2019lim-tarbiya ishlari tegishlicha davlat va rus tillarida olib boriladi.<\/li>\n<li>O\u2018quv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, imtihon va ta\u2019tillarning muddati, davomiyligi, shuningdek o\u2018quv jarayoni yakunlanish shakllari va amaliyot turlari o\u2018quv rejalari hamda belgilangan normativ hujjatlar asosida belgilanadi.<\/li>\n<li>O\u2018quvchilarning bilim saviyasi va o\u2018zlashtirish darajasining davlat ta\u2019lim standartlariga muvofiqligini ta\u2019minlash uchun tegishli nazorat turlari, shu bilan birga, o\u2018qishni tamomlashda yakuniy davlat attestatsiyasi o\u2018tkaziladi.<\/li>\n<li>Texnikum o\u2018quvchilarining nazariy bilimlari va amaliy ko\u2018nikmalarini belgilangan reyting tizimi asosida baholash Adliya vazirligi tomonidan O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.<\/li>\n<li>Har bir kursda o\u2018qish tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalariga ko\u2018ra, o\u2018quvchilarni keyingi kursga o\u2018tkazish, kursda qoldirish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qilinadi. O\u2018quvchilarni kursdan kursga o\u2018tkazish, kursda qoldirish adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktorning buyrug\u2018i bilan rasmiylashtiriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Kursdan kursga shartli ravishda o\u2018tkazishga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<p>Kursda qoldirilgan o\u2018quvchilar yangi o\u2018quv yili boshlangunga qadar qonun hujjatlariga muvofiq qayta tiklanadi.<\/p>\n<ol start=\"30\">\n<li>O\u2018quv reja va fan (modul) dasturlarning barcha talablarini bajargan bitiruvchi kurs o\u2018quvchisi yakuniy davlat attestatsiyasiga qo\u2018yiladi.<\/li>\n<li>Texnikum bitiruvchilariga davlat ta\u2019lim standartlariga muvofiq, o\u2018rta maxsus professional ta\u2019limdagi yo\u2018nalishlar, kasblar va mutaxassisliklar bo\u2018yicha malaka darajasi ko\u2018rsatilgan holda, o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim to\u2018g\u2018risida davlat namunasidagi diplom beriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Diplomlarga o\u2018zlashtirilgan fanlar (kurslar), soatlar hajmi va ular bo\u2018yicha kreditlar, shuningdek bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari ko\u2018rsatilgan holda qo\u2018shimcha varaq ilova qilinadi.<\/p>\n<p>Texnikumni tugatganlik to\u2018g\u2018risidagi diplom olingan mutaxassislikka muvofiq mehnat faoliyatini amalga oshirish hamda oliy ta\u2019lim muassasasiga o\u2018qishga kirish huquqini beradi.<\/p>\n<p>Davlat attestatsiyasidan o\u2018tmagan texnikum bitiruvchilariga esa ta\u2019lim darajasiga talab qo\u2018yilmaydigan ishga joylashish hamda uch yil mobaynida takroriy davlat attestatsiyasidan qayta o\u2018tish huquqini beradigan ta\u2019lim muassasasini tamomlaganlik to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotnoma beriladi.<\/p>\n<ol start=\"32\">\n<li>Texnikum bitiruvchilari ichidan belgilangan talablarga javob beruvchi eng munosiblarini qonun hujjatlariga muvofiq o\u2018qishning tugashidan so\u2018ng uch yil davomida uzluksiz ishlab berish majburiyatini olgan holda Adliya vazirligi tomonidan belgilanadigan o\u2018rinlar doirasida universitetga kirish test sinovlarisiz yakka tartibdagi suhbat o\u2018tkazish orqali qabul qilish uchun yo\u2018llanma beriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Yo\u2018llanma berish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.<\/p>\n<ol start=\"33\">\n<li>Texnikumda ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy, axloqiy-tarbiyaviy ishlar umumbashariy qadriyatlarga va milliy an\u2019analarga asoslanadi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Texnikumda O\u2018zbekiston mustaqilligi tamoyillariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo\u2018shishga qodir shaxsni tarbiyalash o\u2018quv jarayoni bilan uzviy ravishda oila, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladi.<\/p>\n<ol start=\"34\">\n<li>Texnikumda yosh avlodni ma\u2019naviy-ahloqiy, milliy g\u2018oyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega bo\u2018lgan ma\u2019naviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishda milliy-madaniy, tarixiy an\u2019analarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari qo\u2018llaniladi.<\/li>\n<li>Texnikum o\u2018quvchilarida ta\u2019lim muassasasi va tanlagan kasbni egallash bo\u2018yicha berilgan imkoniyatlaridan g\u2018ururlanish hissini oshirishga, bilim olish va madaniyat darajasini yuksaltirishga qaratilgan turli xil tadbirlar tashkil qilinadi.<\/li>\n<li>Texnikumda ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy, axloqiy-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish sohasida:<\/li>\n<\/ol>\n<p>vatanparvarlik va milliy mustaqillik g\u2018oyalariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo\u2018shishga qodir shaxsni tarbiyalash o\u2018quv jarayoni bilan uzviy ravishda oila, fuqarolarning o\u2018zini o\u2018zi boshqarish organlari, O\u2018zbekiston yoshlar ittifoqi, Ma\u2019naviyat va ma\u2019rifat markazi va boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladi;<\/p>\n<p>yoshlarni ma\u2019naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy an\u2019analariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini ommalashtirish maqsadida texnikumning veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratish yo\u2018lga qo\u2018yiladi;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarning o\u2018z intellektual darajasini oshirishlari uchun badiiy adabiyotlarni o\u2018qishga qiziqtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ\u2018ibot ishlarini olib borish yangi adabiy kitoblarning taqdimotini uyushtirish va targ\u2018ib qilish orqali amalga oshiriladi;<\/p>\n<p>texnikum o\u2018quvchilarida muloqot madaniyatining zamonaviy shakllarini yaratish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda bahsmunozaralar va davra suhbatlari uyushtiriladi;<\/p>\n<p>chet tillaridagi badiiy adabiyotlar, ilmiy materiallarni o\u2018rganish va ta\u2019lim-tarbiyaga tatbiq etish maqsadida videoroliklar, bukletlar, flaerlar tayyorlash yo\u2018lga qo\u2018yiladi;<\/p>\n<p>yosh avlodni ma\u2019naviy-axloqiy, milliy g\u2018oyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega bo\u2018lgan ma\u2019naviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishda milliy-madaniy, tarixiy an\u2019analarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari qo\u2018llaniladi;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarda ta\u2019lim muassasasi va tanlagan kasbni egallash bo\u2018yicha berilgan imkoniyatlardan g\u2018ururlanish hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi;<\/p>\n<p>o\u2018quv yilining birinchi kuni vazirlik, hokimiyat, hududiy kasbiy ta\u2019limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi, oliy ta\u2019lim muassasalari va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida o\u2018quvchilarning tantanali saflanishi, O\u2018zbekiston Respublikasining Davlat bayrog\u2018ini olib chiqish, O\u2018zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi va belgilangan tadbir asosida davom ettiriladi; birinchi mashg\u2018ulot O\u2018zbekiston Respublikasining milliy mustaqillik g\u2018oyalariga bag\u2018ishlanadi;<\/p>\n<p>texnikumda guruh murabbiylarini o\u2018quvchilar va ularning ota-onalari bilan ishlash mexanizmi yaratiladi;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarning elektron o\u2018quv resurslaridan onlayn rejimda foydalanish ta\u2019minlanadi;<\/p>\n<p>texnikumning zamonaviy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda sahifasi yaratiladi;<\/p>\n<p>texnikumning ta\u2019lim va sport to\u2018garaklari, axborot-resurs markazida o\u2018quvchilarning bilim olishi va madaniyati darajasini yuksaltirish bo\u2018yicha doimiy monitoring tizimini yo\u2018lga qo\u2018yiladi;<\/p>\n<p>texnikumda o\u2018quvchilar muloqot qilishining zamonaviy shakllarini yaratish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda bahsmunozaralar klublari, o\u2018quvchilarni qiziqtirgan mavzular bo\u2018yicha kollokviumlar tashkil qilinadi;<\/p>\n<p>bilim olishga intilish, o\u2018z intellektual darajasini oshirish, badiiy kitoblar o\u2018qishga qiziqish va turli yoshlar tadbirlarini o\u2018tkazishga da\u2019vat etadigan targ\u2018ibot, shu jumladan chet tillardagi materiallar (videoroliklar, plakatlar, bukletlar, flaerlar va boshqalar) tayyorlanadi;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, ijtimoiy faolligini oshirish, adabiy kitoblar o\u2018qishga qiziqtirish va turli yoshlar tadbirlarini o\u2018tkazish maqsadida yoshlar faollarini ular bilan ishlashga jalb qilish choralari ko\u2018riladi;<\/p>\n<p>Adliya vazirligi Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi, universitet, boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda o\u2018quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida yoshlarga oid muhim masalalarni muhokama etish uchun muntazam ravishda uchrashuvlar o\u2018tkazib boradi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>6-bob. Texnikumga rahbarlik qilish va o\u2018quv-uslubiy faoliyatini muvofiqlashtirish<\/strong><\/p>\n<ol start=\"37\">\n<li>Adliya boshqarmasi texnikum faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, nazoratni tashkil etadi, tashkiliy-kadrlar va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko\u2018radi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Universitet texnikum o\u2018quv-uslubiy jarayonini muvofiqlashtiradi hamda ularga amaliy va axborot-resurs ta\u2019minoti jihatidan yordam ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<ol start=\"38\">\n<li>Universitet:<\/li>\n<li>a) texnikum o\u2018quv-metodik jarayonini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmini yaratish bo\u2018yicha:<\/li>\n<\/ol>\n<p>\u201cyurisprudensiya\u201d yo\u2018nalishi bo\u2018yicha zamonaviy standartlarni hisobga olgan holda o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim mutaxassisliklari va kasblari bo\u2018yicha malaka talablari, o\u2018quv rejalari va fan (modul) dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;<\/p>\n<p>texnikumni o\u2018quv-metodik jarayonni tashkil etish sohasidagi yangiliklar haqida, shu jumladan, sayyor maslahatlarni o\u2018tkazish orqali doimiy xabardor qilishni yo\u2018lga qo\u2018yadi;<\/p>\n<p>ta\u2019lim jarayonida o\u2018quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash, huquqiy hujjatlarni tuzish amaliy ko\u2018nikmalarini rivojlantirishga yo\u2018naltirilgan yuridik fanlarni o\u2018qitishning zamonaviy shakl va usullarini, pedagogik, axborot-kommunikatsiya, innovatsion texnologiyalarni qo\u2018llashda ko\u2018maklashadi;<\/p>\n<p>texnikum uchun mo\u2018ljallangan yangi avlod darsliklari, maxsus o\u2018quvmetodik adabiyotlarni yaratish bo\u2018yicha ishlarni tashkil etadi;<\/p>\n<ol>\n<li>b) texnikum o\u2018quvchilari bilim olishi va madaniyati darajasini oshirishning doimiy monitoringi olib borilishini nazarda tutadigan tizimni joriy etish bo\u2018yicha:<\/li>\n<\/ol>\n<p>o\u2018quvchilarning klublar, to\u2018garaklar va sport seksiyalari shaklidagi ijtimoiy tadbirlarda ishtirokini tashkil etadi va hisobga olib boradi;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarning axborot-resurs markazlaridan foydalanishini rag\u2018batlantirish choralarini ko\u2018radi;<\/p>\n<p>texnikum faoliyatiga rahbarlik qilish va nazoratni tashkil etish bo\u2018yicha adliya boshqarmasiga doimiy asosda amaliy ko\u2018maklashadi;<\/p>\n<p>o\u2018quv jarayonini tashkil etish, uning faoliyati samaradorligini oshirish bo\u2018yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish yuzasidan Adliya vazirligiga takliflar kiritadi.<\/p>\n<ol start=\"39\">\n<li>Texnikumni boshqarish adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktor tomonidan amalga oshiriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktor bo\u2018lmagan vaqtda uning vazifalarini o\u2018rinbosarlardan biri (lavozimiga ko\u2018ra) vaqtincha bajaradi.<\/p>\n<ol start=\"40\">\n<li>Adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktor: texnikum faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va texnikumga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;<\/li>\n<\/ol>\n<p>o\u2018rinbosarlar vakolatlarini belgilaydi, ular o\u2018rtasida vazifalarni taqsimlaydi, texnikumning tarkibiy bo\u2018linma rahbarlari vakolatlarini, ularning faoliyati uchun javobgarligini o\u2018rnatadi;<\/p>\n<p>texnikum faoliyatida O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Adliya vazirligi, Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi Hay\u2019at qarorlari va buyruqlari, universitet Kengashi qarorlari va rektori buyruqlari, adliya boshqarmasining topshiriq va ko\u2018rsatmalarini amalga oshirishni tashkil etadi;<\/p>\n<p>qonun hujjatlariga asosan texnikum nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning vakili sifatida qatnashadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi;<\/p>\n<p>texnikum tarkibiy bo\u2018linmalari to\u2018g\u2018risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;<\/p>\n<p>texnikum o\u2018qituvchi va xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;<\/p>\n<p>texnikum tarkibiy bo\u2018linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;<\/p>\n<p>texnikum xodim va o\u2018quvchilari uchun bajarilishi majburiy bo\u2018lgan buyruqlar chiqaradi va ko\u2018rsatmalar beradi;<\/p>\n<p>texnikumning tashkiliy va moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi;<\/p>\n<p>texnikumning mol-mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish bo\u2018yicha belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;<\/p>\n<p>texnikumning shtat jadvallari va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;<\/p>\n<p>texnikum o\u2018qituvchi va boshqa xodimlarini rag\u2018batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, o\u2018rnak ko\u2018rsatgan texnikum xodimlariga unvonlar berish va davlat mukofotlari bilan taqdirlash to\u2018g\u2018risida takliflar kiritadi.<\/p>\n<p>Texnikum qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.<\/p>\n<ol start=\"41\">\n<li>Texnikum faoliyatining asosiy masalalarini ko\u2018rib chiqish uchun Texnikum kengashi (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 Kengash) tashkil etiladi, shuningdek ota-onalar kengashi, Jamoatchilik kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Kengash to\u2018g\u2018risidagi nizom va uning ish rejasi Kengash yig\u2018ilishida tasdiqlanadi.<\/p>\n<p>Kengash tarkibi adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktor tomonidan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga direktor o\u2018rinbosarlari, kotib, tarkibiy bo\u2018linmalar rahbarlari va yuqori malakali o\u2018qituvchilar kiradi. Kengash tarkibiga Adliya vazirligi, Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi, universitet va boshqa manfaatdor vazirlik, tashkilot va idoralarning vakillari, yetuk mutaxassislar kiritilishi mumkin.<\/p>\n<p>Kengashning reglamenti Kengash tomonidan tasdiqlanadi. Kengash qarorlarining ijrosi adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktor va uning o\u2018rinbosarlari tomonidan ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<ol start=\"42\">\n<li>Kengashning vakolatlariga quyidagilar kiradi:<\/li>\n<\/ol>\n<p>texnikum faoliyatida O\u2018zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy va o\u2018rta maxsus ta\u2019lim vazirligi Hay\u2019at qarorlari va buyruqlari, universitet Kengashi qarorlari va rektori buyruqlari, adliya boshqarmasining ko\u2018rsatmalari va topshiriqlari ijrosi ta\u2019minlanishini tahlil qilish;<\/p>\n<p>texnikumning yillik ish rejasi, Kengashning ish rejasi va boshqa rejalarni tasdiqlash;<\/p>\n<p>budjet va budjetdan tashqari mablag\u2018lar sarf-xarajati hisobotlarini ko\u2018rib chiqish;<\/p>\n<p>texnikum pedagogik jamoasining faoliyatini o\u2018quvchilarning egallashi lozim bo\u2018lgan bilim, ko\u2018nikma va malakalarini ta\u2019minlashga, o\u2018quvchilarga ta\u2019lim berish sifatini oshirishga yo\u2018naltirish;<\/p>\n<p>universitet bilan hamkorlikda o\u2018quv-uslubiy jarayonni tashkil etish, moddiy-texnik bazadan unumli foydalanish masalalarini ko\u2018rib chiqish;<\/p>\n<p>texnikum o\u2018qituvchilarining yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha axborotlari va hisobotlarini eshitish, ta\u2019lim muassasasining sanitariya-gigienik holati, yong\u2018inga qarshi amalga oshiriladigan ishlar, mehnatni muhofaza qilish, o\u2018quvchilarning sog\u2018lig\u2018i va hayotiga oid hamda boshqa masalalarni muhokama qilish va qaror qabul qilish;<\/p>\n<p>texnikum guruh murabbiylari faoliyati to\u2018g\u2018risidagi axborotlarni tinglash; qabul komissiyasining texnikumga o\u2018quvchilarni qabul qilish yuzasidan hisobotini eshitish;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarga ta\u2019lim berishda o\u2018qitishning ilg\u2018or pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish choralarini ko\u2018rish;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarni yuksak ma\u2019naviy-axloqiy, umuminsoniy va milliy ruhda, o\u2018z Vatani, xalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish;<\/p>\n<p>texnikumda o\u2018quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va ta\u2019lim samaradorligini oshirish bo\u2018yicha zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarni kursdan kursga o\u2018tkazish, kursda qoldirish, chetlashtirish, o\u2018qishga tiklash, Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qo\u2018yish, bitiruvchilarga o\u2018qishni tamomlaganlik to\u2018g\u2018risidagi diplomlar, shu jumladan, ularning dublikatini berish masalalarini ko\u2018rib chiqish;<\/p>\n<p>bitiruvchilarning ish bilan ta\u2019minlanganlik holatini tahlil etish;<\/p>\n<p>yuqori malakali pedagoglarning ish tajribalarini o\u2018rganish va ommalashtirish, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, yosh pedagog o\u2018qituvchilarga metodik yordam ko\u2018rsatish ishlarini tashkil etish;<\/p>\n<p>o\u2018z vakolati doirasida lokal hujjatlarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish; chin yetim, yetim, kam ta\u2019minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj o\u2018quvchilarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilar turar joylari uchun oylik to\u2018lov miqdorlarini belgilash, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj o\u2018quvchilarni ushbu to\u2018lovlardan ozod qilish;<\/p>\n<p>direktor o\u2018rinbosarlari, tarkibiy bo\u2018linma rahbarlarining hisobotlarini eshitish. Kengash kollegial muhokama qilish talab etiladigan, texnikum faoliyatiga taalluqli bo\u2018lgan boshqa har qanday masalani ham ko\u2018rib chiqish va uning yuzasidan qaror qabul qilish huquqiga ega.<\/p>\n<ol start=\"43\">\n<li>Texnikumda fan kafedralari va universitetning kafedra filiallari tashkil etiladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati to\u2018g\u2018risidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.<\/p>\n<ol start=\"44\">\n<li>Texnikumning o\u2018qituvchilari va universitet kafedralarining professor-o\u2018qituvchilari bilan hamkorlikda ta\u2019lim sifatini oshirish borasida hamkorlik yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/li>\n<li>Adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktor ta\u2019lim muassasasidagi o\u2018quv-tarbiya va ilmiy-metodik ishlar samaradorligi bo\u2018yicha universitetning kengashida hisobot beradi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Universitet kengashi yigilishlarida adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktor ishtirok etadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>7-bob. Texnikum xodimlari<\/strong><\/p>\n<ol start=\"46\">\n<li>Texnikumda pedagog, boshqaruv, texnik, xizmat ko\u2018rsatuvchi va o\u2018quv-yordamchi xodimlar faoliyat yuritadi.<\/li>\n<li>Belgilangan talablarga muvofiq tegishli oliy ma\u2019lumotga, kasb tayyorgarligi va zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va ma\u2019naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo\u2018lgan shaxslar texnikumda pedagogik faoliyat bilan shug\u2018ullanish huquqiga ega.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Sud qarori bilan o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim muassasalarida ishlashi taqiqlangan shaxslarning texnikumda faoliyat olib borishiga yo\u2018l qo\u2018yilmaydi.<\/p>\n<ol start=\"48\">\n<li>Texnikumga xodimlarni ishga qabul qilish adliya organlari va muassasalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat va xo\u2018jalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari o\u2018rindoshlik asosida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi to\u2018lash shartlari asosida pedagogik faoliyatga jalb etilishi mumkin.<\/li>\n<li>Rahbariyat, pedagog, boshqaruv, texnik, xizmat ko\u2018rsatuvchi va o\u2018quvyordamchi xodimlarning huquq va majburiyatlari texnikumning ichki tartibqoidalari, odob-axloq qoidalari va lavozim yo\u2018riqnomalarida belgilanadi.<\/li>\n<li>Texnikumning o\u2018qituvchi va boshqa xodimlar tarkibini davriy attestatsiyadan o\u2018tkazish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.<\/li>\n<li>Adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktorning o\u2018rinbosarlari Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda adliya boshqarmasi boshlig\u2018i o\u2018rinbosari \u2013 direktor tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.<\/li>\n<li style=\"text-align: center;\">8-bob. Nodavlat notijorat tashkilotlari<\/li>\n<li>Texnikumda o\u2018quvchilar, rahbariyat, o\u2018qituvchi, o\u2018quv-yordamchi, texnik va xizmat ko\u2018rsatuvchi xodimlarni birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlari tuzilishi mumkin. Ushbu tashkilotlar o\u2018z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq olib boradi.<\/li>\n<li>Texnikum tarkibida kasaba uyushmasi, xotin-qizlar qo\u2018mitasi, O\u2018zbekiston Yoshlar ittifoqi, murabbiylar kengashi va ta\u2019lim-tarbiya jarayoniga daxldor bo\u2018lgan boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etiladi.<\/li>\n<li>Yoshlar ittifoqining texnikumdagi boshlang\u2018ich tashkiloti o\u2018zini o\u2018zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkilot bo\u2018lib, yoshlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda oshkoralik va adolat tamoyillari asosida ish yuritadi.<\/li>\n<li>Yoshlar ittifoqi boshlang\u2018ich tashkiloti O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli qonun hujjatlari hamda O\u2018zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi boshlang\u2018ich tashkiloti nizomi asosida faoliyat ko\u2018rsatadi.<\/li>\n<li>Yoshlar ittifoqi boshlang\u2018ich tashkilotining maqsad-vazifalari texnikum yoshlarini birlashtirish, sog\u2018lom turmush tarzi asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o\u2018rin egallashga ko\u2018maklashish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilishdan iboratdir.<\/li>\n<li>Texnikum xodimlari va o\u2018quvchilarining ko\u2018ngilli jamoat birlashmasi sifatida Kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi e\u2019tirof etiladi.<\/li>\n<li>Kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cKasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonuniga va boshqa tegishli normativ hujjatlarga muvofiq ish ko\u2018radi.<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>9-bob. <\/strong><strong>Texnikum bitiruvchilarini ishga joylashtirish va bandligini ta\u2019minlash<\/strong><\/p>\n<ol start=\"59\">\n<li>Texnikum bitiruvchilarini ishga joylashtirish va bandligiga ko\u2018maklashish bitiruvchilar va ularning ota-onalari, davlat va xo\u2018jalik boshqaruvi organlari, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, shu jumladan mehnat va aholi bandligi organlari, vasiylar hamda adliya organlarining sa\u2019y-harakatlari bilan amalga oshiriladi.<\/li>\n<\/ol>\n<p>Texnikum bitiruvchilarini ishga joylashtirish va bandligiga ko\u2018maklashishda:<\/p>\n<p>hududdagi o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim ma\u2019lumotli yuridik kadrlarga bo\u2018lgan ehtiyojni o\u2018rganish hamda shundan kelib chiqib bitiruvchilarni ishga taqsimlash;<\/p>\n<p>texnikum, mahalliy davlat hokimiyati organlari, bitiruvchilar va ish beruvchilar o\u2018rtasida belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;<\/p>\n<p>yangi ish o\u2018rinlari yaratish ishlarini tashkil etishda tegishli tashkilotlar ishtirokida texnikum bitiruvchilari uchun ish o\u2018rinlarining kasbiy tarkibini aniqlash;<\/p>\n<p>ish beruvchilar va texnikum bitiruvchilarini jalb etgan holda ish o\u2018rinlarining muntazam yarmarkalarini o\u2018tkazish;<\/p>\n<p>bitiruvchilarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ko\u2018maklashish maqsadida ular uchun O\u2018zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy organlari ishtirokida biznes-loyihalarni ishlab chiqish, bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va o\u2018zini o\u2018zi ish bilan band etish darajasini oshirish maqsadida imtiyozli kreditlar berish yo\u2018li bilan amalga oshiriladi.<\/p>\n<ol start=\"60\">\n<li>Texnikum, mahalliy davlat hokimiyati organlari, bitiruvchilar va ish beruvchilar o\u2018rtasidagi shartnomalarni tuzish, qayta tuzish o\u2018quvchilar ta\u2019lim olishining butun davri jarayonida, shuningdek oraliq va davlat attestatsiyasi yakunlari bo\u2018yicha amalga oshirilishi mumkin.<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>10-bob. <\/strong><strong>Texnikumning moliya-xo\u2018jalik faoliyati<\/strong><\/p>\n<ol start=\"61\">\n<li>Texnikum faoliyatini moliyalashtirish manbalari quyidagilar:<\/li>\n<\/ol>\n<p>Texnikumda kam ta\u2019minlangan oilalardan o\u2018quvchilar, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, I guruh nogironligi bo\u2018lgan o\u2018quvchilarning ta\u2019lim olishi bilan bog\u2018liq, shuningdek texnikumni zarur o\u2018quv va sport uskunalari, kompyuter texnikasi va axborot-resurs fondi bilan jihozlash xarajatlarini moliyalashtirishga ajratiladigan O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag\u2018lari;<\/p>\n<p>Adliya vazirligining budjetdan tashqari mablag\u2018lari;<\/p>\n<p>Andijon viloyati adliya boshqarmasining budjetdan tashqari mablag\u2018lari;<\/p>\n<p>o\u2018quvchilarni to\u2018lov-kontrakt, shu jumladan tabaqalashtirilgan to\u2018lovkontrakt shakli asosida o\u2018qitishdan tushadigan mablag\u2018lar;<\/p>\n<p>pulli ta\u2019lim xizmatlari ko\u2018rsatishdan, ilmiy-pedagogik, ishlab chiqarish faoliyatidan va kasb-hunar ta\u2019limi muassasalarining ustavda qayd etilgan vazifalariga muvofiq bo\u2018lgan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlaridan olingan daromadlar;<\/p>\n<p>yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya yordamlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag\u2018lar.<\/p>\n<ol start=\"62\">\n<li>Texnikumning moliyaviy mablag\u2018i uning to\u2018liq ixtiyorida bo\u2018lib, qonun bilan belgilangan tartibda ta\u2019lim muassasasining ehtiyojini qondirishga ishlatiladi.<\/li>\n<li>Bino, xonalar mehnatni muhofaza qilish talablariga, sanitariyagigiena me\u2019yorlariga va yong\u2018in xavfsizligi qoidalariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi.<\/li>\n<li>Texnikum o\u2018z faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini belgilangan tartibda amalga oshiradi, moliya va statistika hisobotlarini yuritadi hamda uni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda Adliya vazirligi va boshqa tegishli organlarga taqdim etadi.<\/li>\n<li>Texnikumning moliya-xo\u2018jalik faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. 11-bob. Yakuniy qoidalar<\/li>\n<li>Texnikum qonun hujjatlariga muvofiq ta\u2019lim masalalari bo\u2018yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshirish huquqiga ega. Texnikum qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xorijiy fuqarolarni o\u2018qitishi mumkin.<\/li>\n<li>Texnikumni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi<\/li>\n<\/ol>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; O\u2018zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021 yil\u00a0 \u00a0 \u00a0\u00a0\u201c 15 \u201dmartdagi 85-um-son buyrug\u2018iga 3-ILOVA &nbsp; Andijon viloyati yuridik texnikumining USTAVI 1-bob. Umumiy qoidalar Ushbu Ustav o\u2018rta maxsus professional ta\u2019lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumning maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Andijon viloyati yuridik texnikumi (keyingi o\u2018rinlarda \u2013 texnikum) [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"parent":0,"menu_order":0,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","template":"","meta":{"footnotes":""},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/37"}],"collection":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages"}],"about":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/page"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=37"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/37\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":790,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/pages\/37\/revisions\/790"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=37"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}