{"id":2288,"date":"2022-10-21T11:39:52","date_gmt":"2022-10-21T06:39:52","guid":{"rendered":"http:\/\/anyut.uz\/?p=2288"},"modified":"2022-10-21T11:39:52","modified_gmt":"2022-10-21T06:39:52","slug":"til-millat-boyligi-millat-qiyofasi-hech-qaysi-inson-ona-tilini-tanlamaydi-u-inson-bilan-birga-tugiladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/anyut.uz\/?p=2288","title":{"rendered":"Til \u2013 millat boyligi, millat qiyofasi. Hech qaysi inson ona tilini tanlamaydi. U inson bilan birga tug\u2018iladi."},"content":{"rendered":"<p dir=\"auto\"><strong><em>Til \u2013 millat boyligi, millat qiyofasi. Hech qaysi inson ona tilini tanlamaydi. U inson bilan birga tug\u2018iladi.<\/em><\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\">Uzoq yillar ona tilimizga e\u2019tibor susaygan edi, uning qadri, obro\u2018si haqida chuqur o\u2018ylab ko\u2018rilmadi. O\u2018zga tilda gaplashdik, boshqa tilda ish yuritdik, farzandlarimizni o\u2018z ona tilimizdan uzoqlashtirdik. O\u2018z tilimizdagi so\u2018zlarni bilmasligidan xavotirlanmadik, o\u2018zganing tilida so\u2018zlashishidan faxrlandik. O\u2018z tilimizni bilish uyat, boshqa tilni bilishimiz madaniyatlilik belgisi hisoblandi. Tilimizning boshqa tillar soyasida qolib ketgani achchiq haqiqat&#8230;<\/p>\n<p dir=\"auto\">Mamlakatimizda \u201cDavlat tili to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonun mustaqillikka erishmasimizdan avval qabul qilindi. Bu, albatta, katta jasorat edi. Ona tilimizni hayotimizda to\u2018laqonli joriy etish, uning mavqeyi va nufuzini oshirish choralari ko\u2018rildi. Biroq qonun o\u2018z davrida to\u2018laqonli bajarildi, deb aytolmaymiz. Davlat tilini hayotimizning barcha sohalariga tatbiq etishda muammolar va kamchiliklar bor edi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Yaqin yillardan boshlab bu masala yangi islohotlar kun tartibiga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Davlat tili qoidalariga to\u2018laqonli amal qilmaslik, davlat tilida ish yuritmaslik barcha sohada mavjud kamchilik bo\u2018lsa, ko\u2018chalarda, tashkilot va inshootlar peshtoqidagi yozuvlarning boshqa tilda, imloviy xatolarda yozilishi, televidenieda, kino va turli ommaviy ko\u2018rsatuvlarda shevalarda gapirilishi, eng muhimi, yoshlarning o\u2018z ona tilini bilmasligi kabi jiddiy muammolar borgan sari jamiyatimizda ildiz ota boshladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Millatimiz madaniyati, azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish har doimgidan ko\u2018ra jiddiy masala bo\u2018lib yuzaga chiqa boshlagan bir paytda davlat tili borasida muhim islohotlar sari dadil qadam tashlandi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Yangilanayotgan O\u2018zbekiston islohotlar maydonida ona tilimizni rivojlantirish borasidagi ezgu ishlar 2019 yil 21oktabr kuni \u201cO\u2018zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni qabul qilinishi bilan boshlandi. 2020 yil 20 yanvarda O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining \u201cMamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarori e\u2019lon qilindi. Davlat tilini rivojlantirish departamenti, keyinchalik uning huzurida Atamalar komissiyasi faoliyati tashkil qilindi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">2020 yil 10 aprel kuni esa yana bir muhim tarixiy hujjat \u2013 \u201cO\u2018zbek tili bayrami kunini belgilash to\u2018g\u2018risida\u201dgi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuni imzolandi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Shuningdek, 2021 yil 10 fevralda Vazirlar Mahkamasining \u201cLotin yozuviga asoslangan o\u2018zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to\u2018liq o\u2018tishni ta\u2019minlash chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarorida 2023 yilning 1 yanvaridan barcha yozuvlar lotin yozuviga asoslangan o\u2018zbek alifbosiga o\u2018tishi belgilangan.<\/p>\n<p dir=\"auto\">O\u2018tgan yaqin yillar mobaynida davlat tilini rivojlantirish, o\u2018zbek tilining mavqeyini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Mazkur hujjatlarning mazmun-mohiyati mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida davlat tili imkoniyatlaridan to\u2018liq va to\u2018g\u2018ri foydalanishga erishishga, davlat tilida ish yuritishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.<\/p>\n<p dir=\"auto\">O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cSudlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 13-moddasida \u201cO\u2018zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o\u2018zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko\u2018pchilik aholi so\u2018zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari yuritilayotgan tilni bilmaydigan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga tarjimon orqali ish materiallari bilan to\u2018la tanishish, sud harakatlarida ishtirok etish huquqi va sudda ona tilida yoki ular biladigan boshqa tilda so\u2018zlash huquqi ta\u2019minlanadi\u201d, deb belgilangan.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Ona tilimiz nufuzi va obro\u2018sini saqlash maqsadida, nafaqat davlat tilida ish yuritishga erishishimiz, balki o\u2018zbek tilining sofligi va jozibadorligini, nutq va so\u2018zlashish madaniyatiga ham dolzarb masala sifatida e\u2019tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Ayniqsa, Respublikamizdagi barcha yuridik texnikumlarda tahsil olayotgan bo\u2018lajak huquqshunos kadrlarni kelajakdagi tanlagan kasblarida samarali xizmat qilib, yaxshi natijalarga erishishlarida til leksikasi, saviyasi, shuningdek, ularning fikrni to\u2018laqonli, mazmunli, mantiqli ifodalash uchun o\u2018z ona tilini mukammal bilishi juda muhimdir.<\/p>\n<p dir=\"auto\">\u201cTil \u2014 tafakkur jamoli\u201d, degan edi Abdurauf Fitrat. Tafakkurimiz yuksalib, fikrlash tarzimiz oshib borgani sayin tilimizning olmos qirralari o\u2018zini namoyon etaveradi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>Zafarbek Qodirov,<\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>Andijon viloyati yuridik texnikumi <\/strong><\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>direktorining yoshlar bilan ishlash bo\u2018yicha o\u2018rinbosari<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Til \u2013 millat boyligi, millat qiyofasi. Hech qaysi inson ona tilini tanlamaydi. U inson bilan birga tug\u2018iladi. Uzoq yillar ona tilimizga e\u2019tibor susaygan edi, uning qadri, obro\u2018si haqida chuqur o\u2018ylab ko\u2018rilmadi. O\u2018zga tilda gaplashdik, boshqa tilda ish yuritdik, farzandlarimizni o\u2018z ona tilimizdan uzoqlashtirdik. O\u2018z tilimizdagi so\u2018zlarni bilmasligidan xavotirlanmadik, o\u2018zganing tilida so\u2018zlashishidan faxrlandik. O\u2018z tilimizni bilish [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2289,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[3,1],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2288"}],"collection":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=2288"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2288\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2290,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2288\/revisions\/2290"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/2289"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=2288"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=2288"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=2288"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}