{"id":2860,"date":"2024-11-20T14:57:52","date_gmt":"2024-11-20T09:57:52","guid":{"rendered":"http:\/\/anyut.uz\/?p=2860"},"modified":"2024-11-20T14:58:45","modified_gmt":"2024-11-20T09:58:45","slug":"mamuriy-tartib-taomillar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/anyut.uz\/?p=2860","title":{"rendered":"Mamuriy tartib &#8211; taomillar"},"content":{"rendered":"\n<p><strong>Maqola haqida:<\/strong> O\u2018zbekistonda mustaqillik yillarining ilk kunlaridan boshlab davlat va jamiyat hayotini bosqichma-bosqich isloh qilish, huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirokini joriy etish kabi davlat boshqaruvi, yanada aniqrog&#8217;i, ma\u2019muriy faoliyatni yanada demokratlashtirishga doir chora-tadbirlar o&#8217;tkazib kelinmoqda. O\u2018zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo&#8217;yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi bilan mamlakatimizda davlat boshqaruvining huquqiy asoslarini takomillashtirishga alohida e\u2019tibor berilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Bundan tashqari, O\u2018zbekiston Respublikasida ma\u2019muriy sudlarning joriy etilishi Ma&#8217;muriy islohotlar konsepsiyasi, \u201cMa\u2018muriy tartib-taomillar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun, Ma\u2019muriy sud ishlarini yuritish to\u2018g\u2018risidagi kodeksning qabul qilinishi ma\u2019muriy huquq fanini tushunishning yangicha yondashuvlarini ishlab chiqish dolzarbligini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019muriy protseduralar haqida fikr yuritganda uning davlat xizmatlari bilan aloqasini ham ko&#8217;rib chiqish lozim bo&#8217;ladi. Gap shundaki, bir qator davlatlar ma&#8217;muriy faoliyatni ma\u2019muriy protseduralarga oid qonunchilik orqali tartibga solish o&#8217;rniga davlat xizmatlarini ko&#8217;rsatishni rivojlantirish yo&#8217;lidan borishgan. Misol uchun, Rossiyada ma\u2019muriy protseduralar to&#8217;g&#8217;risidagi qonun mavjud emas. Uning o&#8217;rniga minglab ma&#8217;muriy reglamentlar orqali tartibga solinadigan davlat xizmatlarini ko&#8217;rsatish to&#8217;g&#8217;risidagi qonunchilik rivojlantirilgan. Shunga ko&#8217;ra, ba\u2019zi bir yuridik adabiyotlar va ilmiy qarashlarda davlat xizmatlarini ko&#8217;rsatishni ham ma\u2019muriy protseduralar doirasiga kiritish tendensiyasi mavjud<\/p>\n\n\n\n<p>Biroq davlat xizmatlari va ma\u2019muriy protseduralarni bir-biridan farqlash lozim. Davlat xizmatlarini ko&#8217;rsatishni ma\u2019muriy protseduralarning alohida yoki maxsus sohalari sifatida qarash mumkin. Shu ma\u2019noda davlat xizmatlarini ko&#8217;rsatishni ma&#8217;muriy protseduralar instituti bilan tenglash- tirib, bir xillashtirib bo&#8217;lmaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2018muriy protseduralarga o&#8217;rganilgan ilmiy ishlar doirasida turlicha ta\u2019rif berilganini ko&#8217;rish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Jumladan, I.M. Lazarev ma\u2019muriy protseduralarga quyidagicha ta\u2019rif beradi. Ma\u2019muriy protseduralar nizolarni ko&#8217;rib chiqish yoki majburlov choralarini qo&#8217;llash bilan bog\u2018liq bo&#8217;lmagan, ma&#8217;muriy protsessual normalar bilan tartibga solingan ijro hokimiyati organlarining ularga bo&#8217;ysundirilmagan fuqarolar va tashkilotlar bilan bo\u2018ladigan munosabatlarida o\u2018z vakolatlarini amalga oshirishga yo&#8217;nal- tirilgan huquqni qo&#8217;llash faoliyati hisoblanadi<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; V.A. Zyuzin ma&#8217;muriy protseduralarni tor ma&#8217;noda tushunish lozimligini ta\u2019kidlaydi. Unga ko&#8217;ra, ma\u2019muriy protseduralar &#8211; ijro organlarining fuqarolar va yuridik shaxslar bilan ularning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish maqsadida bo&#8217;ladigan o&#8217;zaro munosabatini ta\u2019minlashga yo&#8217;naltirilgan pozitiv, nizosiz xarakterdagi, aniq, individual ishlarni ijro organlari va mansabdor shaxslar tomonidan hal qilish uchun boshqaruv harakatlarini bajarishning huquq normasi bilan o&#8217;rnatilgan tartibidir<\/p>\n\n\n\n<p>Y.A. Tixomirovning ta\u2019kidlashicha, ma&#8217;muriy protseduralar &#8211; ommaviy xizmatlar ko&#8217;rsatish va vakolatli organlar tomonidan o&#8217;z vakolatlarini amalga oshirish maqsadida vakolatli huquq subyektlarining ketma-ketlikdagi harakatlarini bajarishning me\u2019yoriy o&#8217;rnatilgan tartibi bo&#8217;lib, ma\u2019muriy protseduralar o&#8217;zboshimcha ma\u2019muriy ixtiyoriylikni cheklash va xizmatchilar, mansabdor shaxslar, davlat va munitsipal tizimlar, fuqaro va yuridik shaxslarning legal harakatlanish talablarini joriy etishga qaratilgan bo&#8217;ladi?.<\/p>\n\n\n\n<p>A.V. Minashkin ma&#8217;muriy protseduralarni davlat hokimiyati organining me\u2019yoriy belgilangan kompetensiyasini amalga oshirish faoliyatini ma&#8217;muriy reglament va (yoki) qonun bilan o&#8217;rnatilgan tartibi deya tavsiflaydi.<\/p>\n\n\n\n<p>N.B. Malyavina ma\u2019muriy protseduralar deganda normativ belgilangan funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan, normativ huquqiy hujjatlar bilan o&#8217;rnatilgan ommaviy hokimiyat organlari harakatlarini amalga oshirish tartibini tushunishni keltirib o&#8217;tadi<\/p>\n\n\n\n<p>M.O. Yefremov esa ma&#8217;muriy protseduralarni &#8211; ma&#8217;muriy huquqning moddiy me&#8217;yorlarini hayotda amaliy tatbiq etilishini maqsad qilgan, ommaviy boshqaruv protsessida yuzaga keladigan hokimiyat organlari harakatlarining normativ- huquqiy aktlar bilan tartibga solingan tartibi deya ta&#8217;riflaydi<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019muriy protseduralar deganda ma\u2019muriy organlarning turli ma&#8217;muriy faoliyatlar yuzasidan ma\u2019muriy aktlar qabul qilish tartibi tushuniladi. Lekin ma&#8217;muriy faoliyatlarning har bir ko&#8217;rinishi ham u yoki bu ma&#8217;noda ma&#8217;lum bir ma\u2019muriy protseduralardan iboratdir. Masalan, ma&#8217;muriy tekshirish, ma&#8217;muriy reja va boshqalarda ma&#8217;muriy protseduraviy normalarni ham ko&#8217;rish mumkin. Lekin ilmiy adabiyotlarda va rivojlangan xorijiy davlatlar qonunchjligida ma\u2019muriy protseduralar deganda individual ma&#8217;muriy akt qabul qilish protsedurasi va unga qo&#8217;shimcha ravishda boshqa ma&#8217;muriy harakatlar, ya&#8217;ni ma\u2019muriy qonunchilik, ma\u2019muriy reja chiqarish yoki ma\u2019muriy qonunchilik ijodkorligi protseduralarini tushunishni ham uchratish mumkin<\/p>\n\n\n\n<p>&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp;&nbsp; Ma\u2019muriy protsessual normalarni shartli tarzda ma\u2019muriy akt chiqarishgacha bo&#8217;lgan dastlabki (oldingi, awalgi) protseduraviy normalar va ma\u2019muriy akt chiqarilgandan keyingi protsessual normalarga bo&#8217;lish mumkin. Yuqorida tahlili keltirilgan ilmiy adabiyotlarda ma&#8217;muriy protseduralar deganda asosan ma&#8217;muriy akt qabul qilish (ma&#8217;muriy aktni qabul qilish ham kiradi] gacha bo&#8217;lgan dastlabki protseduralar nazarda tutiladi. Bundan tashqari, ma&#8217;muriy protseduralarni<\/p>\n\n\n\n<p>Boshqaruv qarorlariga erishish yo&#8217;li, ma&#8217;muriy qarorlar samaradorligini oshirish tizimi, davlat boshqaruvi organlarining xalq oldida bisobdor bo&#8217;lishi, ma&#8217;lum bir qoidalarga bo&#8217;ysunish orqali o&#8217;z vako- latlarini suiiste&#8217;mol qilishdan saqlanishni ta\u2019minlash, ma&#8217;muriy organlar tomonidan ma&#8217;muriy protseduralar legitimligi orqali adresat va boshqa manfaatdor shaxslar bilan birgalikda, hamkorlikda aniq ish yuzasidan ma&#8217;muriy tartib-taomillar vositasida ma&#8217;lum bir yechimga kelish, ma&#8217;muriy tartib- taomillarning barcha ishtirokchilari birgalikda (hamkorlikda) o&#8217;zlari uchun aniq holat bo&#8217;yicha pozitiv (regulyativ) xarakterdagi ma&#8217;muriy tartibga solishni aniqlab olishiga qaratilgan adolatli jarayon sifatida qaralmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu o&#8217;rinda qonunning o&#8217;zbek va rus tilidagi matnida ba&#8217;zi bir farqli jihatlar, jumladan, &laquo;protsedura\u201dni \u201ctartib-taomil&raquo; deb nomlash ham munozarali masala hisoblanadi. Tahlillar shuni ko&#8217;rsatmoqdaki, &laquo;ma\u2018muriy tartib-taomil&raquo; o&#8217;rniga &laquo;ma&#8217;muriy protsedura&raquo; so&#8217;z birikmasini qo\u2018llash, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasiga va ma&#8217;muriy tartib-taomillarning ilmiy- nazariy asoslariga mos bo&#8217;lgan bo&#8217;lar edi. Bu esa rivojlangan davlatlar singari ma&#8217;muriy protseduralar to&#8217;g&#8217;risidagi umumiy qonunning ma&#8217;muriy organlar va manfaatdor shaxslar o\u2018rtasidagi ma\u2018muriy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan barcha munosabatlarga nisbatan tatbiq etilishini hamda ma\u2018muriy protseduralarning barcha asosiy qoidalarini qonunda kafolatlanishini ham taqozo etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma&#8217;muriy protseduralarni tushunishda uning tushunchasi va ma&#8217;muriy protsessdan farqi kabilarga to&#8217;xtalmasdan, ma\u2019muriy protseduralarning mazmun-mohiyati haqida fikr yuritish orqali uni to&#8217;g&#8217;ri anglash Yevropa davlatlari va AQSh olimlari o&#8217;rtasida keng tarqalganini ko&#8217;rish mumkin. Shunga ko&#8217;ra, Yevropa davlatlari va AQSh qonunchiligida hamda olimlarning ilmiy ishlarida ma\u2019muriy protseduralarning nazariy-huquqiy asoslarining bir qancha farqli jihatlarini ko&#8217;rsatish mumkin bo&#8217;lsa-da, lekin u yoki bu ma&#8217;noda ma\u2019muriy protseduralar tushunchasiga yagona yondashuv shakllanib borayotganligini ko&#8217;rish mumkin.<\/p>\n\n\n\n<p>Avvalo shuni alohida ta\u2018kidlash joizki, zamonaviy ma\u2018muriy boshqaruvda davlatning siyosiy javobgarligi tubdan o\u2018zgarib, jamiyat va shaxs uchun huquqiy kafolatlarni shakllantirib berish yo\u2018liga o\u2018tildi.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Muallif: <em>Andijon viloyat ma&#8217;muriy sudi sudyasi Iqrorjon Matmusayev<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>Assistant:<em>Mavlonbek Ro\u2018ziboyev<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Maqola haqida: O\u2018zbekistonda mustaqillik yillarining ilk kunlaridan boshlab davlat va jamiyat hayotini bosqichma-bosqich isloh qilish, huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, fuqarolarning davlat boshqaruvida ishtirokini joriy etish kabi davlat boshqaruvi, yanada aniqrog&#8217;i, ma\u2019muriy faoliyatni yanada demokratlashtirishga doir chora-tadbirlar o&#8217;tkazib kelinmoqda. O\u2018zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo&#8217;yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi bilan mamlakatimizda davlat boshqaruvining huquqiy [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2862,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2860"}],"collection":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=2860"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2860\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2864,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/2860\/revisions\/2864"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/2862"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=2860"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=2860"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=2860"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}