{"id":3030,"date":"2025-02-13T19:46:36","date_gmt":"2025-02-13T14:46:36","guid":{"rendered":"http:\/\/anyut.uz\/?p=3030"},"modified":"2025-02-13T19:46:39","modified_gmt":"2025-02-13T14:46:39","slug":"fuqarolar-va-tadbirkorlik-subyektlarining-huquqlarini-sud-orqali-himoya-qilishning-zamonaviy-mexanizmlarini-joriy-etish-boyicha-qoshimcha-chora-tadbirlar-togrisida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/anyut.uz\/?p=3030","title":{"rendered":"Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish bo\u2018yicha qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida 33-sonli Prezident qarori"},"content":{"rendered":"\n<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining huquqlari samarali himoyasini ta\u2019minlashda tizimli islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 2017 yilda mamlakatimiz tarixida ilk marotaba ma\u2019muriy sudlar tashkil qilinganligi fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari ustidan sudga shikoyat qilishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta\u2019minlashda muhim qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018tgan davrda ma\u2019muriy sudlar tomonidan ko\u2018rib chiqilgan 120 mingga yaqin ariza va shikoyatlarning 57 foizi qanoatlantirilib, fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining buzilgan huquqlari tiklanganligi ham ma\u2019muriy sudlarning qonun ustuvorligini ta\u2019minlash hamda shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda muhim institut sifatida shakllanganligini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Bu borada ma\u2019muriy sudlar zimmasiga shikoyatlarni ko\u2018rib chiqishda \u00abfaol ishtirok etish\u00bb tamoyili asosida nizoni to\u2018g\u2018ri hal qilish uchun dalillarni mustaqil yig\u2018ish majburiyati yuklangani, sud qarori ijrosini ta\u2019minlamagan mansabdor shaxslarga jarima qo\u2018llash vakolati berilgani ham ushbu institut takomillashib borayotganligidan dalolat beradi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu bilan birga, bugungi kunda ma\u2019muriy sudlar faoliyatiga ilg\u2018or xorijiy tajribada o\u2018zini oqlagan institut va tartiblarni keng qo\u2018llash orqali fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ushbu sudlarning rolini oshirish, shu jumladan, davlat organi hujjatiga ishonib faoliyat yuritgan fuqaro va tadbirkorlik sub\u2019ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoyasini qo\u2018shimcha ravishda kuchaytirish zarurati vujudga kelmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarining samarali hamda ishonchli himoya etilishini ta\u2019minlash va ma\u2019muriy sud ishlarini yuritishni xalqaro standartlardan kelib chiqib yanada takomillashtirish maqsadida:<\/p>\n\n\n\n<p>1. O\u2018zbekiston Respublikasida ma\u2019muriy sudlar faoliyatini takomillashtirishning asosiy yo\u2018nalishlari etib quyidagilar belgilansin:<\/p>\n\n\n\n<p>davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta\u2019minlash;<\/p>\n\n\n\n<p>fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo\u2018llash mexanizmlarini kengaytirish;<\/p>\n\n\n\n<p>davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o\u2018rnatish;<\/p>\n\n\n\n<p>ma\u2019muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;<\/p>\n\n\n\n<p>fuqarolar va tadbirkorlik sub\u2019ektlarining huquqlarini himoya qilishda ma\u2019muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo\u2018lgan ishonchini yanada oshirish;<\/p>\n\n\n\n<p>davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta\u2019sirchan mexanizmlarini to\u2018liq joriy etish;<\/p>\n\n\n\n<p>ma\u2019muriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma\u2019muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.<\/p>\n\n\n\n<blockquote class=\"wp-block-quote is-layout-flow wp-block-quote-is-layout-flow\">\n<p><em>Ma\u2019lumot berdi\u00a0\u00a0<\/em><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong><em>Andijon viloyat ma\u2019muriy sud sud\u2019yasi.\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 I.Matmusayev<\/em><\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-center\"><strong><em>Asisstent \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 \u00a0\u00a0\u00a0\u00a0M.Ro\u2018ziboyev<\/em><\/strong><\/p>\n<\/blockquote>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>32-son Prezident qarori<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4,7,1],"tags":[19,18],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3030"}],"collection":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=3030"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3030\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3031,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3030\/revisions\/3031"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=3030"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=3030"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=3030"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}