{"id":3139,"date":"2026-01-21T09:55:09","date_gmt":"2026-01-21T04:55:09","guid":{"rendered":"https:\/\/anyut.uz\/?p=3139"},"modified":"2026-01-21T09:55:11","modified_gmt":"2026-01-21T04:55:11","slug":"sudlarda-korrupsiya-xavfini-kamaytirishdagi-interaktiv-xizmatlarining-orni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/anyut.uz\/?p=3139","title":{"rendered":"Sudlarda korrupsiya xavfini kamaytirishdagi interaktiv xizmatlarining o\u2018rni"},"content":{"rendered":"\n<p><\/p>\n\n\n\n<p>Bugungi kunda, Respublikamizda sud\u2011huquq tizimi raqamlashtirish jarayonlari orqali tubdan o\u2018zgarishga yuz tutmoqda. Jarayonlarni avtomatlashtirish, hujjat almashinuvini elektron shaklga o\u2018tkazish, fuqarolarning onlayn huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali sud jarayonlarining shaffofligi, tezkorligi va korrupsiyaga qarshi kurasha olish samaradoriligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Shu ma\u2019noda, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 21-avgustda qabul qilingan \u201cSudlar faoliyatiga sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta\u2019minotini yaxshilashga doir qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF\u2011140-sonli farmoni qabul qilingan bo\u2018lib, farmon bilan sudlar faoliyatiga sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, shuningdek, sudlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishning kelgusi yillardagi ustuvor maqsadlari belgilab berilgan.<\/p>\n\n\n\n<p>Farmonga muvofiq:<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; sud ishlarini yuritishda qog\u2018oz shaklidan voz kechish maqsadida \u201cRaqamli sud\u201d konsepsiyasi asosida ishlarning yuritilishini bosqichma-bosqich to\u2018liq elektron shaklga o\u2018tkazish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga ko\u2018rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini oshirib borish, sud hujjatlaridan nusxa olish, sud ishlari bilan tanishish, arizaning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligini aniqlash, sun\u2019iy intellekt yordamida sud xarajatlarini hisoblash imkoniyatini yaratish, shuningdek, sud tomonidan taqiqlangan manba va kontentlarning elektron reyestrini yuritish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; sudlar faoliyatiga sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun zarur texnik infratuzilma yaratish, shuningdek, ushbu yo\u2018nalishdagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo\u2018yicha choralar ko\u2018rish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; Oliy sudning axborot tizimlari negizida sud hujjatlari arxivi modulini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; sudlar faoliyatini raqamlashtirish bo\u2018yicha \u00abKiber huquq\u00bb yo\u2018nalishida ilmiy tadqiqotlar o\u2018tkazish, shuningdek, sudyalar va sud apparati xodimlarining raqamli savodxonligi va malakasini doimiy oshirib borish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; iqtisodiy sudlar tuzilmasini optimallashtirish orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirish va yagona sud amaliyotini shakllantirish;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; \u201cRaqamli sud\u201d konsepsiyasi asosida bosqichma-bosqich sud majlisi zallarini tashkil etish hamda aholi va sudyalar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, sudyalar va sud xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish ustuvor maqsadlar hisoblanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>Ma\u2019lumki, sud sohasida inson omilini kamaytirishga bo\u2018lgan talab va qiziqishlar kundan kunga ortib bormoqda, dunyo hamjamiyatidagi rivojlangan davlatlar tajribasiga to\u2018xtaladigan bo\u2018lsak ayni barcha sohalarni xususan, sud-huquq sohasini texnika egallab borayotganini guvohi bo\u2018lamiz.<\/p>\n\n\n\n<figure class=\"wp-block-image size-full\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" width=\"863\" height=\"777\" src=\"http:\/\/anyut.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/mysud2.png\" alt=\"\" class=\"wp-image-3141\" srcset=\"https:\/\/anyut.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/mysud2.png 863w, https:\/\/anyut.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/mysud2-300x270.png 300w, https:\/\/anyut.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/mysud2-768x691.png 768w, https:\/\/anyut.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/mysud2-333x300.png 333w\" sizes=\"(max-width: 863px) 100vw, 863px\" \/><\/figure>\n\n\n\n<p>Hozirda O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan yuqorida qayd etilgan o\u2018ndan ortiq interaktiv xizmatlar yo\u2018lga qo\u2018yilgan bo\u2018lib, Farmon bilan ushbu interaktiv xizmat doirasi yanada kengaytirilmoqda.<\/p>\n\n\n\n<p>Jumladan, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish hamda sud ishlarini ko\u2018rishni soddalashtirish maqsadida belgilansinki, \u201cRaqamli sud\u201d konsepsiyasini amalga oshirish doirasida:<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; sudga ariza berishdan oldin sun\u2019iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantiriladi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; murojaatlar sudga elektron shaklda yuboriladi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud binosiga tashrif buyurmaydi va sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok etadi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud jarayonlarida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati yaratiladi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; sud xarajatlari elektron shaklda hisoblanadi va to\u2018lanadi, shuningdek, ijro varaqalari avtomatik ravishda ijroga yuboriladi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; sud ishlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda to\u2018liq elektron tarzda yuritiladi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; sun\u2019iy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlanadi;<\/p>\n\n\n\n<p>&#8211; sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantiriladi.<\/p>\n\n\n\n<p>O\u2018z navbatida sud sohasida bunday islohotlar taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qo\u2018shimcha qulayliklar yaratib, sudda shaffoflikni ta\u2019minlanishiga va byurokratiyani qisqarishiga sabab bo\u2018lib, natijada korrupsiya xavfini kamaytirishga olib keladi.<\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-right\"><strong>Andijon viloyat ma\u2019muriy sudi sudyasi\u00a0\u00a0\u00a0 Matmusaev Iqrorjon<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda, Respublikamizda sud\u2011huquq tizimi raqamlashtirish jarayonlari orqali tubdan o\u2018zgarishga yuz tutmoqda. Jarayonlarni avtomatlashtirish, hujjat almashinuvini elektron shaklga o\u2018tkazish, fuqarolarning onlayn huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali sud jarayonlarining shaffofligi, tezkorligi va korrupsiyaga qarshi kurasha olish samaradoriligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma\u2019noda, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 21-avgustda qabul qilingan [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3139"}],"collection":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=3139"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3139\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3142,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/3139\/revisions\/3142"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=3139"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=3139"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/anyut.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=3139"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}