Iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan tor doiradagi va sohaviy mutaxassisliklar bo‘yicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega hamda xorijiy tillarni biladigan yuridik kadrlar tayyorlash texnikumning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Shuningdek, egallagan mutaxassislik bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishni va kasbiy tayyorgarlikni ta’minlaydigan ta’lim standartlari doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha o‘qitish shular jumlasidandir.
- Xususan, tanlab olingan mutaxassislik bo‘yicha bir yoki bir necha kvalifikatsiyani egallash jarayonida o‘quvchilarning kasbiy layoqat, ko‘nikma va malakalarini oshirish;
- ta’lim jarayonini o‘quv jarayoniga ilg‘or standartlarni joriy etishga qaratilgan zamonaviy shakllar va uslublar;
innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish; - o‘quv jarayoniga tegishli mutaxassislik va kasblar bo‘yicha boy ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni keng jalb etgan holda yuridik ta’lim va huquqni qo‘llash amaliyotining o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlash;
- mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;
- o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy an’analariga hurmat, Vatan bilan g‘ururlanish va iftixor tuyg‘usini shakllantirish;
- zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, o‘quvchilar amaliyotini tashkil etish uchun tegishli hududlardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa tashkilotlar, ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish;
- o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan yangi avlod darsliklari, maxsus o‘quv-uslubiy adabiyot yaratishda ishtirok etish;
- o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;
- ta’lim standartlari talablariga ko‘ra o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarni o‘quvchilar ongiga singdirish;
- o‘qituvchi, ta’lim oluvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini joriy etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;
- ta’lim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-metodik bazani yaratish va o‘quv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib boriladi.