📱 Ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamingizdan foydalaning.

  • ✅ Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentning telefon raqami ma’lumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.
  • ✍️ Bunda ma’lumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.
  • 📵 Ro‘yxatdan o‘tishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz ma’lumotlarni tasdiqlab yoki o‘zgartirib bo‘lmaydi.

🛃 Agar abituriyent boshqa shaxsning telefon raqami orqali ro‘yxatdan o‘tadigan bo‘lsa, telefon raqamiga egalik qiluvchi shaxsda abituriyentning ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish imkoni bo‘ladi.

⚠️ Shu sababli abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishi va telefon raqamini boshqa shaxslarga bermasligi lozim.

✳️ Shuningdek, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zi eslab qoladigan, xavfsiz paroldan foydalanishi va uni esdan chiqarmasligi maqsadga muvofiq.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan