Andijon Yuridik texnikumida O’zbekiston Respublilasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi PF-140 sonli farmoni yuzasidan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Andijon viloyati Ma'muriy sudi sudyasi

2025 yil 19 sentiyabr kuni Andijon viloyat yuridik texnikumida Andijon viloyat ma’muriy sudining sudyalari A.Sheraliyev va A.Isakulovning ishtirokida O’zbekiston Respublilasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi PF-140 sonli «Sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish hamda sud tizimining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni yuzasidan ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Mazkur ochiq muloqotda texnikumning yuqori kurs talabalari va ustozlar ishtirol etishdi. Ochiq muloqotning Dastlabki mavzusi » Sudlar faoliyatida Raqamli sud konsepsiyasini joriy etish» yuzasidan so’zga chiqib Oliy sud, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining sudlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan “Raqamli sud” konsepsiyasini bosqichma-bosqich amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilganligi, Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratish hamda sud ishlarini ko‘rishni soddalashtirish maqsadida belgilansinki, “Raqamli sud” konsepsiyasini amalga oshirish doirasida,  sudga ariza berishdan oldin sun’iy intellekt yordamida sud muhokamasining taxminiy natijasi hamda sarflanadigan xarajatlar shakllantirilishi, (b) murojaatlar sudga elektron shaklda yuborilishi, ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud binosiga tashrif buyurmaydi va sud muhokamalarida masofadan turib ishtirok eta olishi, taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud jarayonlarida ishga doir barcha materiallar bilan elektron shaklda tanishish imkoniyati yaratilishi, sud xarajatlari elektron shaklda hisoblanadi va to‘lanadi, shuningdek, ijro varaqalari avtomatik ravishda ijroga yuborilishi,  sud ishlari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda to‘liq elektron tarzda yuritilishi,  sun’iy intellekt yordamida sud majlisi bayonnomalari real vaqt rejimida matn shaklida tayyorlanishi, sud hujjatlari loyihalari avtomatik shakllantirilishi belgilanganligini takidlab mazkur farmonin yuqoridagi bandi bo’yicha davlatimizda keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotganligini bildirdi.

Kun tartibidagi keyingi masalasi mazkur farmoning 3- qismi «Sud sohasini raqamlashtirishning istiqboldagi rejalari» mavzusida Andijon viloyat ma’muriy sudining sudyasi A.Isakulov nutq so’zlab talabalarga mazkur farmoning 3- qismi bo’yicha kerakli malumotlarni berib o’tdi.

Chunonchi PF-140 sonli farmoning «Sud sohasini raqamlashtirishning istiqboldagi rejalari» bandi bo’yicha 2025 — 2027-yillarga mo‘ljallangan sud sohasini raqamlashtirish va odil sudlov jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish dasturi  tasdiqlandi, unga ko’ra 2025-yil 1-dekabrdan boshlab fuqarolar, advokatlar, yuristlar, sudyalar uchun normativ-huquqiy hujjatlarni tahlil qilish platformasini ishga tushirish, 2025-yil yakuniga qadar sud hujjatlarini avtomatik tayyorlash maxsus axborot dasturini yaratish;  2026-yil 1-yanvardan boshlab “my.sud.uz” interaktiv xizmatlar portalida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish modulini joriy etish, bunda sun’iy intellekt asosida ishlaydigan virtual maslahatchini yaratish, huquqiy murojaatlarga javob berish hamda sud ma’lumotlarini avtomatik yetkazish; 2026-yil 1-martdan boshlab fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha dastlabki sud ma’lumotlarini fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish imkoniyatini yaratish;  2026-yil yakuniga qadar fuqarolarga odil sudlovga erishishda qulay imkoniyatlar yaratish maqsadida 5 ta yangi interaktiv xizmatlarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, sudning axborot tizimidagi “Shaxsiy kabinet” platformasining foydalanuvchilar uchun yanada qulay bo‘lgan yangi versiyasini ishlab chiqilishi belgilandi.

Shundan so’ng Talabalar bilan bugungi mavzu yuzasidan savol javoblar bo’lib otdi hamda ochiq muloqotga Andijon yuridik texnikumining direktor o’rinbosari A.Toshtemirov yakun yasab berdi.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan