Davlat boshqaruv organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonun hujjatlariga mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari samarali himoyasini ta’minlashda tizimli islohotlar amalga oshirildi. Xususan ushbu muammolarni hal qilishda Ma’muriy sudlarning o‘rni beqiyosdir. O‘tgan davr mobaynida ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan 120 mingga yaqin ariza va shikoyatlarning 57 foizi qanoatlantirilib, fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklanganligi ham ma’muriy sudlarning qonun ustuvorligini ta’minlash hamda shaxsining huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishda muhim institut sifatida shug‘ullanganligini ko‘rsatmoqda. Davlat boshqaruv organlari, ma’muriy-huquqiy faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlar, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan bevosita va bilvosita fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) afsuski bugungi kunda ham uchrab turibdi, ushbu holatlarni bartaraf etish esa jamiyatimizning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda aynan ma’muriy sudlar fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ijro organlari tomonidan buzilishining oldini olishda, ularni g‘ayriqonuniy qarorlar, harakatlar (harakatsizlik)dan himoya qilishda muhim o‘rin egallaydi.

Avvalo bizning bilishimiz kerak bo‘lgan asosiy omil bu Davlat boshqaruv organlar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tarkibiga qanday tuzilmalar kirishi, xususan Davlat boshqaruv organlar: Davlat boshqaruv organlari — qonun bilan belgilangan tartibda tashkil topgan va uning funksiyalari hamda vazifalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan vakolat berilgan, bu maqsadda davlat-hokimiyat vakolati bilan ta’minlangan va belgilangan tartibda ish ko‘ruvchi fuqarolar guruhidir, faoliyatlarining hududiy miqyoslariga ko‘ra davlat boshqaruv organlari yuqori, markaziy va mahalliy organlarga bo‘linadi.

         Yuqori organlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi kiradi.

       Markaziy organlarga vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar kiradi.

         Mahalliy boshqaruv organlariga hokimlar, shuningdek, ayrim vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning organlari, bir nechta ma’muriy-hududiy birliklar hududidagi ob’ektlar: sanoat birlashmalari, boshqarmalari, temir-yo‘llar va shu kabilar kiradi.

Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlari fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlaridir.

Demak yuqorida nomi zikr qilingan ma’muriy organlar o‘zlariga bog‘liq holda fuqarolar va yuridik shaxslar bilan munosabatlarga kirishadilar, bu esa o‘z navbatida fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklariga ta’sir etmay qolmaydi. O‘tgan davr mobaynida Andijon tumanlararo va viloyat ma’muriy sudlari tomonidan jami 962 ta ish ko‘rilgan bo‘lib bulardan 310 tasi ma’muriy sudlar tomonidan qanoatlantirilgan hamda 188 ta holatda xususiy ajrimlar chiqarilib fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklari tiklangan. Xususan mahalliy hokimliklarga nisbatan 349 ta ishdan 122 tasi, Adliya idoralariga tegishli bo‘lgan 88 ta ishdan 50 tasi, soliq idoralariga doir bo‘lgan 320 ta ishdan 108 tasi qanoatlantirilganligi tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlari(harakatsizligi)ga huquqiy baho berilib fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari va erkinliklari huquqni himoya qilish yo‘li bilan qayta tiklanganligidan dalolatdir, bu esa jamiyatimizda ma’muriy sudlarning o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganligidan dalolat beradi. Holbuki  hech bir ma’muriy organ  fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklariga Konstitutsiya va qonunlarimizda ko‘rsatilgan qoidalarga nisbatan aksil harakatlarni amalga oshirishga haqlari yo‘qdir, agar shunday harakatlar amalga oshiriladigan bo‘lsa ma’muriy sudlar tomonidan qonun doirasida baho berish kafolatlidir. Vaxolanki! Prezidentimiz tomonidan 2025 yil 30 yanvar kuni qabul qilingan “Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilishning zamonaviy mehanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-33-sonli qaror ham gapimizning isbotidir. Qarorda ma’muriy sudlarning bugungi kundagi mavqeyi, jamiyat hayotidagi o‘rni va ro‘lini oshirish bo‘yicha bir-necha chora-tadbirlar amalga oshirish belgilangan.

Chunonchi qarorga ko‘ra, ma’muriy sudlar faoliyatining takomilashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

1.  Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ishonchli va samarali himoya etilishini ustuvor ravishda ta’minlash;

2. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashda sudning faol ishtiroki prinsipini qo‘llash mexanizmlarini kengaytirish;

3. Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish;

4. Ma’muriy sud ishlarini yuritishda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish;

5.  Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish orqali aholining sud tizimiga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish;

6. Davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning ta’sirchan mexanizmlarini to‘liq joriy etish;

7. Ma’muriy yustitsiya tizimi rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ma’muriy sudlar faoliyatini takomillashtirib borish.

Shu bilan birga, ma’muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o‘z huquqlarini himoya qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etilishi, ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomilashtirish konsepsiyasini tasdiqlanishi ham ma’mury sudlar faoliyatida ulkan qadam bo‘ldi.     

Tayorladi Andijon viloyat Ma’muriy sud sud’yasi I.Matmusaev

Do`stlarga ulashing: