📣 ANDIJON VILOYATI YURIDIK TEXNIKUMIDA «UCH AVLOD» UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

 

🏛 📌✅ Tadbirda prokuratura organlarida turli lavozimlarda, xususan, Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tizimida rahbarlik lavozimida ishlab, faoliyat olib borgan, hozirda keksalik gashtini surayotgan faxriy Baxtiyor Otajonov, bugungi kunda Byuroning Andijon viloyat boshqarmasida mehnat qilayotgan yosh xodimlar, shuningdek, Andijon viloyat yuridik texnikumi direktori Dilshodbek Yuldashev hamda texnikumning oʻquvchi yoshlari ishtirok etdi.

✅ Soha faxriysi oʻz hayotiy va kasbiy faoliyatida orttirgan tajribalari borasidagi qimmatli mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. Boʻlajak huquqshunoslar uchun kelgusi ish faoliyatlarida qonunlar va tartib-intizomga qatʼiy amal qilishi, muomala madaniyatini yuksaltirishi, fuqarolar murojaatlari, aholi muammolari bilan ishlaganda qonun doirasida yechim topishi, huquqbuzarliklar, inson huquq va erkinliklari, manfaatlariga zid xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslikga oid tavsiyalar berildi.

♻️ Tadbir davomida texnikum oʻquvchilarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Do`stlarga ulashing: