Andijon Yuridik texnikumida quyidagi bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga tanlov o‘tkazilishi haqida
E ’ L O N
Andijon Yuridik texnikumidagi bo‘sh ish o‘rinlari:
- Ingliz tili fani bo‘yicha o‘qituvchi – 2 nafar
Nomzodga qo‘yilgan talablar: Oliy ma’lumotli ingliz tili bo‘yicha mutaxassis bo‘lishi, Chet tilini bilishi tasdiqlovchi, kamida B2 darajasidagi, amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki halqaro sertifikatga ega bo‘lishi. Axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak.
- Huquqshunoslik fanlar bo‘yicha o‘qituvchi – 2 nafar
Nomzodga qo‘yilgan talablar: Oliy yuridik ma’lumotiga (Yurisprudensiya, Huquqshunoslik, Huquqshunos-pedagog) ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak.
- Psixolog – 1 nafar
Nomzodga qo‘yilgan talablar: Psixologiya bo‘yicha oliy ma’lumot, xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana bilishi kerak.
E’lon muddati 1-10-avgust (9-avgust kuni soat 23:59da yopiladi) kunlari.
Hujjatlar: Ma’lumotnoma (ob’ektivka), passport, diplom va sertifikatlar nusxalari, 2025-yil 9-avgust (shu kuni ham) kuniga qadar Andijon Yuridik texnikumining Kadrlar bo‘limida qabul qilinadi. Ma’lumot uchun 91-601-21-31 raqamiga bog‘lanishingiz mumkin.
Manzil: Andijon shahar, Cho‘lpon shox ko‘chasi, 38-uy. (mo‘ljal Yoshlar markazi ro‘parasi)