#tanlov

 

#Andijon viloyati yuridik texnikumida namunaviy sud protsessi tanlovi o‘tkazildi

🏛 🔰  Andijon viloyati yuridik texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrug‘iga asosan tasdiqlangan “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlari bo‘yicha na’munaviy sud protsessi” tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

Tanlovda Jinoyat ishlari bo`yicha Andijon shahar sudining sudyasi E.Pirmatov hamda Fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon tumanlararo sudining raisi  I.Azizovlar hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etdi. 

 

Tanlov jarayonida o‘quvchi yoshlar o‘zlarining sudda nutq so‘zlash, jamoada ishlash, tezkor fikrlash, tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish qobiliyatini namoyon etdilar.

📌 Qizg‘in kechgan tanlov natijalari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib,  fuqarolik va jinoyat sud ishlari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Do`stlarga ulashing: