#texnikum_tadbirlari

⚡️  Yuridik texnikum o’quvchi-qizlarida tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan davra-suhbati tashkil etildi.

🏛 🔰  Andijon viloyat yuridik texnikumi viloyat savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan “5 tashabbus” doirasida texnikum o’quvchi-qizlarida tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan soha vakillari ishtirokida davra-suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida o’quvchi-qizlarga mutaxassislar tomonidan tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, yoshlarga tadbirkorlik yo‘nalishida berilayotgan imtiyozlar, viloyat miqyosidagi qo‘llab-quvvatlanayotgan turli tadbirkorlik faoliyati sohalari va startap loyihalari haqida amaliy misollar yordamida batafsil tushunchalar berib o‘tildi.

E’tiborlisi, uy sharoitida qo‘ziqorin mahsulotlarini yetishtirish, bedana boqish kabi loyihalar o‘quvchi yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi va kelgusida mana shunga o‘xshash tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni o‘zlariga maqsad qilib oldilar.

📌 Davra suhbatining ikkinchi qismida, o‘quvchi-qizlar palatada tashkil etilgan tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar na’munalari bilan tanishish imkoniga ega

bo‘ldilar.

⚖️ ♻️Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga ulaning:
|• Telegram (https://t.me/AndijonYuridikTexnikumi) | • Instagram (https://instagram.com/asl_officiall?utm_medium=copy_link) | • Facebook (https://www.facebook.com/andijonyuridik.texnikumi/) |•Veb-sayt (http://anyut.uz/)| •You tube (https://www.youtube.com/channel/UCB47FKUWGQuNta623WFlb0w)|

Do`stlarga ulashing: