Andijonda «Yoshlar yuridik klinikasi» ish boshladi

Yoshlar ishlari agentligi, BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, Andijon viloyat hokimligi bilan hamkorlikda «Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi» loyihasi doirasida yoshlarning siyosiy, huquqiy savodxonligini oshirish, ularga beg‘araz yuridik maslahatlar ko‘rsatish «Yoshlar yuridik klinikasi»ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida BMT giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida «BMT va yoshlar», «Hokim va yoshlar» uchrashuvlari tashkil etildi.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan