#bayrogʻim_gʻururim

🏛 🔰 Andijon viloyati yuridik texnikumida “Muqaddasdir vatan bayrog‘i” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

✅Tadbirda o‘quvchilar tomonidan “Davlat ramzlarining” fuqarolarda milliy g‘urur, faxr-iftixor tuyg‘ularini yuksaltirishdagi roli, mavzusidagi taqdimot namoyish qilindi. Taqdimotda mavjud bayrog‘imiz to‘g‘risidagi ma’lumotlar (Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Turkiston muxtoriyati) va mustaqillikga qadar amalda bo‘lgan bayroqlar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim qilindi.

✅Tadbirning badiiy qismida viloyatimizning taniqli san’atkorlari, ijodkor yoshlar tomonidan “Vatan bayrog‘ini ulug‘lovchi” qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar taqdim etildi

Do`stlarga ulashing: