📣 “Ochiq eshiklar kuni”

🏛 🔰 01.12.2021-yil kuni Andijon viloyat prokuraturasida Andijon viloyat yuridik texnikumi talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
✅ Tadbirda Andijon yuridik texnikumi talabalari viloyat prokuraturasi tarkibiy tarmoqlari faoliyati hamda ish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirildi.
✅ Prokuratura xodimlari tomonidan 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” mavzusida maʼruza qilindi. Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar va unga barxam berish chora tadbirlari xaqida tushunchalar berildi.
✅ Shuningdek, talabalar bilan oʻtkazilgan suhbatda ularga prokuratura organlarining faoliyati va xodimlarga yaratilgan imkoniyatlar haqidagi video lavha xavola qilindi.
✅ Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga yetarli javoblarni olib, kelgusida prokuratura organlarida ishlash istagini bildirganlarga kerakli tavsiyalar berib oʻtildi.
🏛 Andijon viloyati yuridik texnikumi
👉 @AndijonYuridikTexnikumi

 

Do`stlarga ulashing: