#siz_uchun_muhim

⚡️Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish muddati uzaytirildi.

Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga 2021/2022 o‘quv yili uchun qo‘shimcha qabul quyidagi tartibda davom etmoqda:

✅ Yuridik texnikumlar kirish imtihonida o‘tish balidan past ball to‘plagan abiturientlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida;
✅ Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyni tamomlagan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 56 va undan yuqori foizlik natijalariga ega bitiruvchilari va

✅ Respublika oliy ta’lim muassasalarida «yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan, biroq yuridik texnikumlardagi tegishli o‘quv yilida test sinovlarida o‘tish balini to‘plagan abituriyentlar to‘lov-kontrakt asosida doimiy yashash joyidagi yuridik texnikumga qabul qilinadi

⏳Muddat 6 dekabr (shu kuni ham)

☎️ +998914905919
☎️ +998903842633
👉 @AndijonYuridikTexnikumi

Do`stlarga ulashing: