E‘ L O N !

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlo…
 
📣 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovi o‘tkaziladi.
 
Mazkur tanlovda ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!
 
Tanlovning Texnikum bosqichi quyidagi tartibda o‘tkaziladi.
 
✅Tanlovda Andijon yuridik texnikumi ikkinchi bosqich talabalari qatnashish imkoniyatiga egadirlar.
 
✅Tanlov shartlari:
 
Ishtirokchi tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar to‘plami texnikum “Yoshlar bilan ishlash bo‘limi”ga taqdim etiladi:
 
Ishtirokchining yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan tomonlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma; (maksimal 20 ball)
 
Ishtirokchining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan ma’lumotnoma; (maksimal 20 ball)
 
Tanlov ishtirokchisining nashr etgan ishlari ro‘yxati va ularning nusxalari; (maksimal 20 ball)
 
Turli tadbirlar, tanlovlarda ishtirok etganligi (g‘olib bo‘lganligi) uchun taqdirlanganlik to‘g‘risidagi faxriy yorliqlar va diplomlarning nusxalari;
 
(maksimal 20 ball)
 
Grant va konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar(maksimal 20 ball)
 
✅Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hududiy hakamlar hay’ati tomonidan jami 100 ballik tizimda baholanadi.
 
✅Hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va ma’lumotlarda tanlov ishtirokchisining yuridik texnikumga o‘qishga kirgandan keyingi faoliyatiga doir ma’lumotlar kiritiladi. Hududiy hakamlar hay’ati ishtirokchining hujjatlar to‘plamini baholash natijalarini hisobga olgan holda eng yuqori ball olgan 10 nafar o‘quvchini yakuniy turga o‘tkazadi.
 
✅Yakuniy turda ishtirokchilar quyidagi 3 ta shart bo‘yicha baholanadi:
 
1-shart — ishtirokchilar tomonidan mamlakatda huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘zi istiqomat qiluvchi hududda amalga oshirilishi holati va mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish, shuningdek 5 ta muhim tashabbusning o‘zi o‘qiyotgan texnikum miqyosidagi ijrosi hamda uni takomillashtirish yuzasidan takliflarni qamrab olgan 5-7 daqiqa vaqt davomida taqdimot;
 
2-shart — tanlov ishtirokchisi bilan huquq sohasiga oid blis savol javoblar;
 
3-shart — ishtirokchining chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi B1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligi.
 
✅🏆 Hududiy hakamlar hay’ati ishtirokchining natijalarini hisobga olgan holda g‘oliblarni (1, 2, 3-o‘rinlarni) aniqlaydi. G‘oliblar yuridik texnikumning faxriy yorlig‘i hamda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:
 
✅ Tanlovning texnikum bosqichida 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi hududiy tashkiliy qo‘mita qaroriga muvofiq tanlovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya etiladi.
 
🏛 Andijon viloyati yuridik texnikumi
 
👉 @AndijonYuridikTexnikumi

Do`stlarga ulashing: