#texnikum_yangiliklar

Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i Andijon viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari bilan muloqot o‘tkazdi

🔹Dastlab, boshqarma boshlig‘i tomonidan yuridik texnikum o’quvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda bitiruvchilarning amaliyotini tashkil etish, bandligini ta’minlash hamda oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatiga o’qishga qabul qilish tartibi xususida so’z yuritildi.

🔹Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda o‘quvchilar tomonidan texnikumdagi o‘qish va uning imtiyozlari, “Yurisprudensiya” yo‘nalishi mavjud ta’lim muassasalariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish, texnikum bitiruvchilarining ishga joylashish va to‘lov-kontrakt masalalari kabi qator mavzular yuzasidan savollar berildi. Muloqot davomida, boshqarma boshlig‘i J.Nuritdinov o‘quvchilarning taklif va savollariga tushuntirish va tavsiyalar berib o‘tdi.

Do`stlarga ulashing: