🏛 🔰 📚 Andijon viloyati yuridik texnikumida  “Ochiq eshiklar kuni” targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.

 

🔹️Mazkur tadbirda viloyatning umumiy o’rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan bitiruvchi sinf o’quvchilari ishtirok etdi. Maktab bitiruvchilari Andijon viloyatining faxri bo‘lgan “«Andijon polkasi» kuyi va raqsi bilan  kutib olindi

 

🔹️Tadbir davomida,  yigit-qizlar texnikum tarixidan boshlab, mavjud mutaxassisliklar,  o’quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, yoshlarning boʼsh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida tashkil etilgan  fan to’garaklari, “Street law”  klubli faoliyati  bilan yaqindan tanishdi.

 

🔹Ochiq eshiklar kuni” targ’ibot tadbirida  Sharda Universitetidan tashrif buyurgan professor  SAJID VALIYA VALAPPIGAll so‘zga chiqdi va xorijiy til  fani o‘qituvchisi D.Nosirova bilan birgalikda “Ochiq dars” o‘tkazib berdilar.  

 

🔹️Shuningdek, ochiq eshiklar kunida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida arzon kitob yarmarkalari va texnikum o‘quvchilari o‘rtasida eng yaxshi kitobxon ko‘rik tanlovi o‘tkazilib, g‘olib o‘quvchi yoshlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar

 

🔹️Tadbir yakunida, maktab bitiruvchi sinf oʼquvchilari joriy yilda bo’lib o’tadigan qabul jarayonlarida, yuridik texnikumga hujjat taqdim qiluvchilar roʼyxatiga oʼz nomzodlarini kiritdilar.

Do`stlarga ulashing: