#texnikum_vakansiya

 🏛 🔰 📚Andijon viloyati yuridik texnikumi quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi. Andijon viloyati yuridik texnikumida bo‘sh ish o‘rinlari:
✅ 1. Huquqshunoslik fanlar bo‘yicha o‘qituvchi – 3 nafar 📌 Nomzodlarga qo‘yilgan talab: oliy yuridik ma’lumotga (Yurisprudensiya, huquqshunoslik, huquqshunos-pedagog mutaxassisligi) ma’lumotiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak. 💰Oylik maoshi 3,2 mln. so‘mdan – 4,0 mln. so‘mgacha

✅ 2. Ingliz tili fani bo‘yicha o‘qituvchi – 2 nafar 📌Nomzodlarga qo‘yiladigan talab: Oliy ingliz tili bo‘yicha mutaxassis bo‘lishi, chet tilni bilishi tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak. 💰Oylik maoshi 3,2 mln. so‘mdan – 4,0 mln. so‘mgacha

✅ 3. Yuridik klinika rahbari – 1 nafar 📌Nomzodlarga qo‘yiladigan talab:Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi, kamida 1 (bir) yillik mehnat staji, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak. 💰 Oylik maoshi 2,3 mln so‘mdan – 2,8 mln. so‘mgacha

✅ 4. Dekan – 1 nafar 📌Nomzodlarga qo‘yiladigan talab: Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish; texnikum yoki boshqa ta’lim muassasalarida (kafedra mudiri, fakultet dekani yoki dekan o‘rinbosari, boshqarma yoki bo‘lim boshlig‘i) kamida 3 yillik ish staji, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak. 💰Oylik maoshi 3,2 mln so‘mdan – 4,0 mln. so‘mgacha ⏳ Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tegishli hujjatlarni 2022 yilning 29-iyun kuniga qadar https://vacancy.adliya.uz sayti orqali ariza hamda hujjatlarini topshirishlari mumkin.

✅Tanlov savollari bilan quyidagi http://anyut.uz/ havola orqali tanishishingiz mumkin.

👉 Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, adliya organlari tomonidan o‘rnatilgan boshqa telefon raqamlarga va @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishlaringiz mumkin.

 Murojaat uchun: 91-601-21-31

♻️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

👉|• Telegram (https://t.me/AndijonYuridikTexnikumi)

| • Instagram (https://instagram.com/asl_officiall?utm_medium=copy_link)

| • Facebook (https://www.facebook.com/andijonyuridik.texnikumi/)

|•Veb-sayt (http://anyut.uz/)

| •You tube (https://www.youtube.com/channel/UCB47FKUWGQuNta623WFlb0w)|

Do`stlarga ulashing: