#texnikum_tadbirlari

 

Andijon viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

🏛 🔰 📚 Joriy yilning 22 iyun kuni Andijon viloyat yuridik texnikumining 2021/2022-o‘quv yilidagi bitiruvchilar bilan viloyatdagi sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ishtirokida yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligini taʼminlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

📌 Tadbirda Andijon viloyat adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, viloyat majburiy ijro byurosi, viloyat sudi, Notarial palataning viloyat hududiy boshqarmasi, Advokatlar palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi, Andijon viloyat kasbiy taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi masʼul xodimlari hamda ushbu sohaga qiziquvchi yuridik texnikum va boshqa taʼlim muassasalarning 110 nafar o‘quvchilari ishtirok etdilar.

O‘tkazilgan mazkur uchrashuvda yuqorida qayd etilgan idoralarning kadrlar bo‘yicha masʼul xodimlari tomonidan o‘quvchilarga ishga kirish tartibi, mavjud bo‘sh vakantlar, taqdim etiladigan hujjatlar, mazkur tashkilotlarda o‘rta maxsus malaka talab etiladigan kasb va lavozimlar bo‘yicha to‘liq maʼlumotlar berib o‘tildi.

 Uchrashuvda ish beruvchi tashkilotlar tomonidan yuridik texnikumning 16 nafar o‘quvchilarini ish bilan taʼminlash maqsadida hujjatlari qabul qilindi

Shuningdek, o‘quvchi yoshlarning tanlagan kasb yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli tashkilot vakillariga aniq savollar bilan murojaat qilib, ishga kirish yuzasidan, hujjatlar topshirish bo‘yicha kelishib olindi.

♻️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

|• Telegram (https://t.me/AndijonYuridikTexnikumi)  | • Instagram (https://instagram.com/asl_officiall?utm_medium=copy_link) | • Facebook (https://www.facebook.com/andijonyuridik.texnikumi/) |•Veb-sayt (http://anyut.uz/)| •You tube (https://www.youtube.com/channel/UCB47FKUWGQuNta623WFlb0w)|

Do`stlarga ulashing: