#texnikum_tadbirlari

 

 

đŸ”čAndijon iqtisodiyot va qurilish institutida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining viloyat yuridik texnikumi bitiruvchilar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

 

đŸ”čUchrashuvda bitiruvchilarga prokuratura, ichki ishlar organlari hamda adliya muassasalariga ishga joylashish tartiblari, mehnat qonunchiligida belgilangan talablar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

 

đŸ”č«Bolaligimdan notarius bo‘lishni orzu qilaman. Fursatdan unumli foydalanish maqsadida bugungi tadbirda qanday qilib notarial idoraga kirish mumkinligi bo‘yicha savollarimga javob oldim. Menga Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Gulnora Matkarimovaning qo‘l ostida notarius yordamchisi vazifasida ish boshlashni taklif qilishdi. Diplomni olgach shu yerda faoliyatimni davom ettirish niyatidaman»,-deydi texnikum bitiruvchisi Gulchehra Abdumannopova.

 

đŸ”čTadbir so‘ngida bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

 

 

Do`stlarga ulashing: