#Texnikum_tadbirlari

🏛 🔰 📚 So‘nggi yillarda mamlakatimizda yuridik ta’lim va fan tizimini tubdan takomillashtirish, ularning xalqaro ta’lim maydonidagi raqobatbardoshligini ta’minlash, yuridik kadrlar tayyorlash sifatini oshirish bo‘yicha bir qator aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.
 
✅Bu borada klinik yuridik ta’limni rivojlantirish yo‘li bilan o‘quv jarayoni va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rtasida uzviy aloqani ta’minlash – yuridik ta’lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
 
✅2022/2023 o`quv yilida Andijon viloyat yuridik texnikumiga ilk qabul qilingan o`quvchi yoshlarning ustozlaridan olgan dastlabki nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog’lash maqsadida, Andijon viloyat ma’muriy sudining sudyalari bilan davra suhbati tashkil etildi.
 
Andijon viloyat yuridik texnikumi
✅Mazkur uchrashuv davomida o‘quvchi yoshlarga mamlakatimizda odil sudlov sohasida olib borilayotgan islohotlar shuningdek, ma’muriy sudlar faoliyati yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
 
📌 O‘quvchilarning soha faoliyatiga doir qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.
 
♻️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
 
|• Telegram (https://t.me/AndijonYuridikTexnikumi) | • Instagram (https://instagram.com/asl_officiall?utm_medium=copy_link) | • Facebook (https://www.facebook.com/andijonyuridik.texnikumi/) |•Veb-sayt (http://anyut.uz/)| •You tube (https://www.youtube.com/channel/UCB47FKUWGQuNta623WFlb0w)|

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan