Andijon viloyati yuridik texnikumida quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov o‘tkazilishi haqida
E’LON qiladi.
Andijon viloyati yuridik texnikumidagi bo‘sh ish o‘rinlari:
- Huquqshunoslik fanlar bo‘yicha o‘qituvchi – 1 nafar
Nomzodlarga qo‘yilgan talab: oliy yuridik ma’lumotga (Yurisprudensiya, huquqshunoslik, huquqshunos-pedagog mutaxassisligi) ma’lumotiga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak.
Oylik maoshi 3,2 mln. so‘mdan – 4,0 mln. so‘mgacha
- Ingliz tili fani bo‘yicha o‘qituvchi – 1 nafar
Nomzodlarga qo‘yiladigan talab: Oliy ingliz tili bo‘yicha mutaxassis bo‘lishi, ta’lim tizimida kamida 3 yillik ish staji, malakaviy darajasi. Chet tilni bilishi tasdiqlovchi amaldagi davlat malaka sertifikatiga yoki halqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak.
Oylik maoshi 3,2 mln. so‘mdan – 4,0 mln. so‘mgacha
- Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi yetakchi mutaxassisi –
1 nafar
Nomzodlarga qo‘yiladigan talab: Oliy ma’lumotga ega bo‘lish; axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi shart.
Oylik maoshi 2,0 mln. so‘mdan – 2,5 mln. so‘mgacha
- Yuridik klinika rahbari – 1 nafar
Nomzodlarga qo‘yiladigan talab: Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishi, kamida 1 (bir) yillik mehnat staji, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak.
Oylik maoshi 2,0 mln. so‘mdan – 2,5 mln. so‘mgacha
- Dekan – 1 nafar
Nomzodlarga qo‘yiladigan talab: Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lish; texnikum yoki boshqa ta’lim muassasalarida (kafedra mudiri, fakultet dekani yoki dekan o‘rinbosari, boshqarma yoki bo‘lim boshlig‘i) kamida 3 yillik ish staji, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak.
Oylik maoshi 3,5 mln. so‘mdan – 4 mln. so‘mgacha
- Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi –
1 nafar
Nomzodlarga qo‘yiladigan talab: Oliy ma’lumotga ega bo‘lish; axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak.
Oylik maoshi 2,0 mln. so‘mdan – 2,5 mln. so‘mgacha
- Kanselyariya va arxiv. Devonxona mudiri – 1 nafar
Nomzodlarga qo‘yiladigan talab: Oliy, o‘rta-maxsus yoki professional ma’lumotga ega bo‘lish; axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olishi kerak.
Oylik maoshi 1,0 mln. so‘mdan – 1,2 mln. so‘mgacha
Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar tegishli hujjatlarni
2022 yilning 3 dekabr kuniga qadar https://vacancy.adliya.uz sayti orqali ariza hamda hujjatlarini topshirishlari mumkin.
Tanlov savollari bilan quyidagi http://anyut.uz/ havola orqali tanishishingiz mumkin.
Tanlov tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoniga, adliya organlari tomonidan o‘rnatilgan boshqa telefon raqamlarga va @antikorbot telegram kanaliga murojaat qilishlaringiz mumkin.
Murojat uchun telefon. 91-601-21-31