#texnikum_tadbirlari

 

🏛 🔰 📚 Andijon viloyat adliya boshqarmasida Andijon viloyati yuridik texnikumi oʻquvchilari ishtirokida “Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

✅ Tadbirda maʼruzachilar yoshlar orasida psixotrop moddalarning keng isteʼmol qilinishi boʻyicha fikr-mulohazalarni ingliz tilida muhokama qildilar.

✅Muloqot davomida Sharda Universiteti dekanlari, professorlar Shankar Ganesh,Gabriyel Obunmala hamda Sajid Valiya Valappil, viloyat ichki ishlar boshqarmasi masʼul xodimi N.Moʻminova, adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi A.Qasimovlar oʻz maʼruzalarida yoshlar mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishlari lozimligini bildirdilar.

✅Xorijlik mutaxassislar oʻquvchilar erishayotgan yutuqlar haqida iliq fikrlarini bildirib, kelajakda texnikum bilan ilmiy-maʼrifiy sohadagi hamkorlikni yanada oshirishlarini taʼkidladilar.

📌Tadbirni respublikaning barcha yuridik texnikumlari “ZOOM” orqali kuzatish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Do`stlarga ulashing: