#texnikum_tadbirlari

✅ Yaponiyaning Nagoya Universiteti huquqshunoslik fakulteti professori Alisher Umirdinov Andijon viloyati yuridik texnikumiga tashrif buyurib, u yerda pedagok hodimlar va o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

⚡️Texnikumning pedagog xodimlari hamda o’quvchilari ishtirokida o’tkazilgan mazkur uchrashuvda professor o’zining ilm olish yo’lida olib borgan izlanishlari, ayni paytda huquqshunoslikka oid dunyoning eng mashhur kitoblarini o’zbek tiliga tarjima qilish borasidagi sayyi-harakatlari qolaversa, bu borada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlari bilan o’quvchi yoshlarga katta motivatsiya berdi.

📌O’zaro savol-javoblarga boy tarzda yakunlangan tadbir so’ngida Alisher Umirdinov kelgusida Andijon viloyati yuridik texnikumi bilan aloqalarni yo’lga qo’yishi va ilmiy tadqiqotlar bo’yicha ham hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

🌐 bizni ijtimoiy tarmoqlarimizda kuzating:
|• Telegram (https://t.me/AndijonYuridikTexnikumi) | • Instagram (https://instagram.com/asl_officiall?utm_medium=copy_link) | • Facebook (https://www.facebook.com/andijonyuridik.texnikumi/) |•Veb-sayt (http://anyut.uz/)| •You tube (https://www.youtube.com/channel/UCB47FKUWGQuNta623WFlb0w)|

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan