Asila texnikumning “Eng iqtidorli oʻquvchi”si

Andijon viloyati yuridik texnikumida “Eng iqtidorli oʻquvchi“ respublika koʻrik-tanlovining texnikum bosqichi boʻlib oʻtdi.
Unda 2-bosqichda tahsil olayotgan 6 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.


Tanlovda ishtirokchilar belgilangan nizomga muvofiq uchta shart asosida sinovdan oʻtkazildi.
Dastlabki shartda ishtirokchilar mamlakatda huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni oʻzi istiqomat qiluvchi hududda amalga oshirilishi holati va mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish, shuningdek, 5 ta muhim tashabbusning oʻzi oʻqiyotgan texnikum miqyosidagi ijrosi hamda uni takomillashtirish yuzasidan takliflarini qamrab olgan oʻz taqdimotini namoyish etishdi. Ikkinchi shartda esa har bir ishtirokchining huquq sohasiga oid bilimlari blis savol-javoblar orqali tekshirildi. Soʻnggi uchinchi shartda ishtirokchining chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi B1 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ekanligiga eʼtibor qaratildi.


Tanlov hakamlar hayʼati tomonidan qonuniylik, shaffoflik, oshkoralik, adolatlilik, tenglik prinsiplariga rioya qilgan holda baholab borildi.
Yakuniy natijalarga koʻra, Davlat-huquqiy faoliyati yoʻnalishi 118-guruh oʻquvchisi Asila Inombekova birinchi oʻrin hamda respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinlar Yuridik xizmat yoʻnalishi 120-guruh oʻquvchisi Hojiakbar Shavkatov hamda Sud-huquqiy faoliyati yoʻnalishi 122-guruh oʻquvchisi Salohiddin Solijonovlarga nasib etdi.
Gʻoliblar faxriy yorliq, bir martalik pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

Do`stlarga ulashing: