Andijon shahridagi 18-umumiy oʻrta taʼlim maktabida Andijon viloyat yuridik texnikumi oʻquvchilaridan iborat “Street law” loyihasi volontyorlari tomonidan “Yoshlar orasidagi jinoyatlar va odatga aylanib borayotgan huquqbuzarliklar” mavzusida ochiq mashgʻulot oʻtkazildi.
Unda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.
Mashgʻulot davomida ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi haqida maʼlumotlar berildi. Shuningdek, boshqa yoshlar, ayniqsa oʻquvchilarning huquq va majburiyatlari, Jinoyat va Maʼmuriy Kodekslardagi jinoyat va huquqbuzarliklarga oid moddalar haqida ham kengroq tushunchalar berildi.
Tadbir davomida huquqshunoslikka qiziquvchi bitiruvchilar uchun yuridik texnikumga kirish va oʻqish tartiblari, bitirgandan soʻng qayerlarda ishlash mumkinligi haqida maʼlumotlar berildi.
Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga volontyorlardan javob oldilar.