Mediasavodxonlik barchaga birdek muhim !

Mediasiz bugun hayotni tasavvur qilish nafaqat qiyin, balki ilojsiz desak ham boʻlaveradi. Har qadamda biz turli axborotlar, maʼlumotlarga duch kelamiz. Qabul qilinayotgan maʼlumotlarning sifati va ishonchliligi esa inson ongi, ruhiyati va kayfiyatiga taʼsir etmasdan qolmaydi.

Ommaviy axborot vositalari, ayniqsa internet orqali axborot olish va yetkazish imkoniyatlari kengayib borayotgan bu jarayonda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Andijon yuridik texnikumi oʻquvchilari uchun oʻtkazilgan oʻquv seminarida ham medaiasavodxonlik va uning ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

Tadbirda Majburiy ijro byurosi bosh inspektori Sh.Ismailov, Byuroning Andijon viloyati boshqarmasi katta inspektori O.Abduraxmanova, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Axborot xizmatlari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Soliyev, Viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi mutaxassisi M.Raxmonova hamda Daryo.uz internet nashri muxbiri U.Mamarasulovlar ishtirok etdi.

Boʻlajak huquqshunoslar tadbir avvalida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasiga oid muhim yangiliklar bilan tanishtirilib, ularga davlatimiz rahbari tomonidan 03.01.2024-yilda imzolangan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmonning mazmun-mohiyati tushuntirildi. Qabul qilingan hujjat asosida kiritilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlar birma-bir sanab oʻtildi.

Shuningdek, media va ular orqali taqdim etilayotgan axborot shakllarining taʼsirini yaxshi tushunish, haqqoniyligi va ishonchliligini aniqlash, tanqidiy fikrlash hamda faktcheking qoidalari misollar asosida oʻquvchilarga yetkazildi.

Do`stlarga ulashing: