Amaliy dars mashg‘ulotlari

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi “Davlat ta’lim muassasalarida yuridik ta’limning uzluksiz tizimini joriy etish hamda voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyati yuridik texnikumida amaliyotchi huquqshunoslar -profilaktika inspektorlari ishtirokida amaliy dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi amaliy mashg‘ulotda viloyat ichki ishlar boshqarmasi post patrul xizmati 2-otryad bo‘linma komandiri, serjant Zafarbek Sulaymonov, Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-son ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi profilaktika inspektori, katta leytenant Sobirjon Iminjonov, katta serjant Samandar Salimjonovlar ishtirok etdi.

Mashg‘ulot davomida xodimlar o‘z faoliyati haqida hayotiy misollar bilan ma’lumot berdilar.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan