Andijon yuridik texnikumida “Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovi bo’lib o’tdi.

Andijon viloyati yuridik texnikumida “Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovini o‘tkazish bo‘yicha joriy yilning 2 fevral kuni texnikumning rasmiy veb saytida e’lon berilgan bo‘lib, mazkur e’longa ko‘ra 10 (o‘n) nafar o‘quvchilar tanlovda ishtirok etish maqsadida hujjat topshirgan.

“Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovning yakuniy bosqichi joriy yilning 22 fevral kuni o‘tkazildi. Yakuniy turda o‘quvchilar 3 shart bo‘yicha baholandi. 1-shartda ishtirokchilar tomonidan mamlakatda huquqiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘zi istiqomat qiluvchi hududda amalga oshirilish holati va mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish, shuningdek beshta muhim tashabbusning texnikum miqyosidagi ijrosi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflarni qamrab olgan 7-daqiqali taqdimot, 2-shartda huquq sohaga oid blis savol-javoblar, 3-shartda ishtirokchilarning chet tilini bilish darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.

Qizg’in bo’lib o’tgan bellashuv natijasida Adaxambekov Azamatbek Avazbek o‘g‘li 1-o‘rin, Shoxobov Shohbozbek Shuxratbek 2-o‘rin, To‘ychiboeva Muslima Otabekovna 3-o‘rinni egalladi. Ular texnikum faxriy yorlig’i va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tanlov natijasiga ko‘ra 1-o‘rinni egallagan Adaxambekov Azamatbek Avazbek o‘g‘li “Eng iqtidorli o‘quvchi” tanlovining respublika bosqichida ishtirok etishi uchun yo’llanma oldi.

Do`stlarga ulashing: