📣Аndijon yuridik texnikumi o’quvchilari uchun press-tur tashkil etildi.

 

⚡️Majburiy ijro byurosi Аndijon viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan yuridik texnikum oʼquvchilari uchun press-tur tashkil etildi.

✅Press-turdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarni sohaga qiziqtirish, kasb etikasiga rioya qilish, o’z ustida muntazam ravishda ishlash va kuchli bilim egallash kabi hislatlarni shakllantirishdan iborat bo’ldi.

📌Uchrashuv davomida o’quvchilar boshqarma kadrlar sho’basi katta inspektori Bobur Qosimov bilan muloqotga kirishdi hamda Majburiy ijro byurosi faoliyati, xizmatga qabul qilish talablari boʼyicha ma’lumotlar bilan tanishdi.

Do`stlarga ulashing: