🏅 E’TIROF!

🏛 🏻🎓 👉 Avval xabar berganimizdek, Andijon viloyati yuridik texnikum bitiruvchisi Kozimjonov Soxibjon Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilindi.

📣 ✅ 📚 Andijon viloyati yuridik texnikumi faxriga aylanib ulgurgan Kozimjonov Soxibjon texnikumga ilk kelgan chog‘lari biroz tortinchoq, lekin ziyrak va aqlli nigohlari, istarali tashqi ko‘rinishi bilan boshqa o‘quvchilardan ajralib turar edi. O‘quv jarayoni boshidan qiziquvchanligi va mehnatsevarligi tufayli barcha o‘qituvchilar hurmatini qozona oldi. Aksar bo‘sh vaqtlarini texnikum axborot resurs markazida o‘tkazar, kitob mutolaa qilar va yuridik sohaga oid yangiliklardan boxabar bo‘lib borar edi. Rus va Ingliz tillarini o‘zlashtirish uchun bor zakovatini ishga soldi. Tez orada tinimsiz izlanishlari va mehnatlari o‘z samarasini berdi. Kozimjonov Soxibjon xalqaro IELTS sertifikatini qo‘lga kiritdi.

📌 Ayni vaqtda S.Kozimjonov TDYUda 2-kursdan o‘qishni davom ettirmoqda.

🏅Biz ham Kozimjonov Soxibjonni erishgan yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

Do`stlarga ulashing: