taqdimot

📌Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari uchun Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan yangi avlod darsliklari yaratildi va Respublikamizdagi barcha yuridik texnikumlarga yetkazildi.

📚 Bugun Andijon viloyati yuridik texnikumida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan taqdim etilgan 19 turdagi adabiyotlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda texnikum direktori D.Yuldashev so‘zga chiqib, Kitob — hayot hikmatlarini o‘rgatuvchi javohirlar sandig‘i ekanligini, samarali mehnat qilib, tinimsiz izlanib, o‘qib-o‘rgangan inson, kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishini ta’kidlab o‘tdi.

📚 Shundan so’ng texnikum ARM mutaxassisi M.Tuxtamatova darsliklar taqdimotini o’tkazdi.

👏 Texnikum jamoasi va oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻz minnatdorchiligini bildiradi

Do`stlarga ulashing: