«Yosh huquqshunoslar bilan uchrashuv» da bitiruvchilarga diplomlar topshirildi

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi bitiruvchilari hamda Farg‘ona shahar prokurori A. Mamataliyev, Farg‘ona shahar adliya bo‘limi boshlig‘i D. Axmedov va Yoshlar ittifoqi Farg‘ona shahar kengashi raisi A. Akramovlar ishtirokida «Yosh huquqshunoslar bilan uchrashuv» mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘tgan bu uchrashuvda bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.

Uchrashuv so‘nggida texnikumni imtiyozli tamomlayotgan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi. Masofaviy tartibda o‘tkazilgan turli tanlovlarda faol ishtirok etgan o‘quvchilarning «Faxriy yorliqlari» o‘z egalariga yetkazildi.

Do`stlarga ulashing: