#texnikum_tadbirlari

 

🌹 🌹 🌹Bahor – bayramlar fasli. Ko‘klamni sog‘ingan dillar uning tashrifidan quvonchga to‘lib, har bir kunni bayramga ulaydi.

🏛 🔰 Andijon viloyati yuridik texnikumi o‘quvchi qizlari o’rtasida 8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan “Nafosat malikasi” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🌹 🌹 🌹 Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan qizlar o‘zlarining salomlashish odobini, pazandaligini, erta turmush borasidagi muammolarga munosabatini, ifodali she’r o‘qishini, o‘zi sevgan va tanlagan kasbi haqida tushunchalari, orzu-istaklarini tomoshabinlarga 5 ta shart asosida chiroyli tarzda yetkazib berdilar.

🔹Qizg‘in kechgan shartlardan so‘ng hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra 107- guruh o‘quvchisi Rayimjonova Mukarramxon “Nafosat malikasi” deb e’tirof etildi.

 

🏅🎉G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar

♻️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
|• Telegram (https://t.me/AndijonYuridikTexnikumi) | • Instagram (https://instagram.com/asl_officiall?utm_medium=copy_link) | • Facebook (https://www.facebook.com/andijonyuridik.texnikumi/) |•Veb-sayt (http://anyut.uz/)|

Do`stlarga ulashing: