#Street_law

🏛 🔰 Andijon viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilaridan tashkil topgan “Adolat qanotlari” targ‘ibot guruhi tomonidan Respublika Ishchi guruhi ko‘rsatmasi asosida joriy yilning 24 fevral kuni Andijon viloyat adliya boshqarmasi bilan birgalikda “Street law” loyihasi bo‘yicha huquqiy targ‘ibot o‘tkazildi.

📌 Targ‘ibot jarayonida Andijon tumanidagi “Jahon bozori savdo kompleksi“da soliq qonunchiligidagi yangiliklar, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi o‘zgarishlar, xotin-qizlarga berilayotgan kafolat va imtiyozlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat qilish tartibini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari to‘plami buklet va flaerlar aholi va tadbirkorlarga tarqatildi.

♻️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
|• Telegram (https://t.me/AndijonYuridikTexnikumi) | • Instagram (https://instagram.com/asl_officiall?utm_medium=copy_link) | • Facebook (https://www.facebook.com/andijonyuridik.texnikumi/) |•Veb-sayt (http://anyut.uz/)|

Do`stlarga ulashing: