#muqaddasdir_vatan_bayrogi

 

⚡️ 🏛 🇺🇿 Andijon viloyati yuridik texnikumi Axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Mangu hilpirayver O‘zbegim bayrog‘i” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

✅ Ushbu davra suhbatida Z.M.Bobur nomidagi viloyat Axborot–kutubxona markazining xodimlari ham ishtirok etdi. Davra suhbatida o‘quvchilar Davlat bayrog‘i har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsoli va xalqimizning shon–sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlashini taʼkidlab o‘tdilar.

✅ Davra suhbati so‘nggida texnikum o‘quvchilari tomonidan tayyorlab kelingan Davlat bayrog‘imizni madh etuvchi sheʼrlar asosida tayyorlangan chellenj namoyish etildi.
📌Ushbu tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi

 

 

⚖️ ♻️Bizning ijtimoiy tarmoqlarimizga ulaning:

✈️ Telegram (https://t.me/AndijonYuridikTexnikumi) | 💬Facebook (https://www.facebook.com/andijonyuridik.texnikumi/)| 📷Instagram (https://instagram.com/asl_officiall?utm_medium=copy_link) | ▶️Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCB47FKUWGQuNta623WFlb0w)| 🌐Веб-сайт (http://anyut.uz/) |

Do`stlarga ulashing: