#ochiq_dars

 

#NAMUNAVIYSUDPROTSESSI

⚡️ 🏛  Andijon viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan joriy yilning 22 noyabr kuni Andijon viloyati adliya boshqarmasi zalida texnikum o‘quvchilari tomonidan ingliz tilida “namunaviy sud protsessi” hamda professor Sajjid Valappi hamkorligida ochiq dars jarayoni tashkil etildi.

 

✅  Tadbirga Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi sudyasi E.Pirmatov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudi raisi I.Azizovlar hamda onlayn zoom platformasi orqali respublikadagi barcha viloyatlar yuridik texnikumi o‘quvchilari ishtirok etdilar.

 

✅  Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, avvalo o‘quvchilarni nazariy bilimlarni amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini taʼminlash, qolaversa o‘quvchilarni milliy qonunchilik tizimini chet tillarida mukammal qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuning bilan birga yuridik texnikumlarga ilg‘or xorijiy pedagoglarni keng jalb etgan holda, xalqaro standartlarga javob beradigan  huquqshunos kadrlarni yetishtirib berishdan iboratdir.

 

✅  Avvalambor ingliz tilida butun bir sud jarayonini ko‘rsatib berishni o‘zi bir mashaqqatli ish, lekin ko‘rib turibman buni iqtidorli o‘quvchilarimiz bemalol yoritib berishdi, bundan judayam xursand bo‘ldik va albatta shunday bilimli yoshlarimiz borligidan faxrlanamiz. Kelgusida huquqshunoslik sohasida o‘zlari tanlagan kasbning eng yaxshi egalari bo‘lishiga ishonamiz – deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi tadbirda ishtirok etgan sudyalar.

 

📌  Bu kabi loyihalarni amalga oshirish o‘quvchilarda chet tillarini chuqur o‘rganish, xorijiy mamlakatlar qonunchilik tizimini qiyosiy tahlil qilish hamda nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash imkonini yaratadi.

 

⚖️ ♻️Bizning  ijtimoiy tarmoqlarimizga ulaning:

 

✈️   Telegram (https://t.me/AndijonYuridikTexnikumi) | 💬Facebook (https://www.facebook.com/andijonyuridik.texnikumi/)| 📷Instagram (https://instagram.com/asl_officiall?utm_medium=copy_link) | ▶️Youtube (https://www.youtube.com/channel/UCB47FKUWGQuNta623WFlb0w)| 🌐Веб-сайт (http://anyut.uz/) |

Do`stlarga ulashing: