“Yuridik kasb va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi

Andijon viloyati adliya boshqarmasida “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida “Yuridik kasb va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.

Unda viloyat yuridik texnikumi oʻquvchilari adliya boshqarmasi boshligʻi Otabek Bozarov hamda boshqarma boshligʻi oʻrinbosari-texnikum direktori Dilshodbek Yuldashevlar bilan uchrashdilar.

Tadbirda mamlakatimizda barkamol avlod kamoloti, yoshlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish masalasiga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani, oʻz iqtidor va salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligi taʼkidlandi.

Rasmiyatchilikdan xoli, erkin muloqot shaklida oʻtgan uchrashuvda yoshlar bilan yaqindan suhbat qilinib, chuqur bilim olish va tajriba almashishlari uchun chet tillarining ahamiyati boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Do`stlarga ulashing: