“Mening huquqim” mavzusida davra suhbati

Andijon viloyati sudida yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish hamda ularning huquqlarini tushuntirish maqsadida “Mening huquqim” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Unda viloyat yuridik texnikumi oʻquvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat sudi raisining oʻrinbosari – fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Djasuriddin Abdusattarov hamda Andijon tumanlararo iqtisodiy sudi raisi Sardorbek Rustamovlar qonunchilikda belgilab qoʻyilgan yoshlarning huquq va majburiyatlari haqida batafsil maʼlumot berishdi.

Uchrashuvda ishtirok etganlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.

Do`stlarga ulashing: