Yuridik texnikumi oʻquvchilari oʻrtasida debat tashkil etildi

Andijon viloyat yuridik texnikumida “Ijtimoiy tarmoqlar asrida huquqiy chaqiriqlar”, “Sud yoki mediatsiya” mavzularida debat oʻtkazildi.

Debat avvalida oʻquvchilarga mavzu yuzasidan batafsil maʼlumot berildi. Shundan soʻng oʻquvchilarning mavzuga oid bilimlari 2 guruhga ajratilgan holda sinovdan oʻtkazildi.

Unda oʻquvchilar tomonidan shaxsiy fikrni tinglovchilarga ishontiruvchi nutq soʻzlash orqali tushunarli yetkazib berish va tegishli xulosalar chiqarish, shuningdek, muammoli vaziyatlarda mustaqil faktlar va misollarga asoslangan yechimlar bayon etildi.

Bellashuv tarzidagi debat interaktiv metodlar orqali qiziqarli tarzda boʻlib oʻtdi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Do`stlarga ulashing: