Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabuliga oid targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Andijon viloyat yuridik texnikumida Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga qabuliga oid targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Unda Akademiya boʻlim boshligʻi Ilyosbek Qodirov hamda Andijon viloyat prokurotarurasi kadrlar masalalari boʻyicha prokuror yordamchisi Sanjar Qobilovlar ishtirok etdi.

Tadbirda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 2023/2026 oʻquv yili uchun bakalavriatning “Tergov faoliyati” yoʻnalishiga (harbiylashmagan va harbiylashgan) qabul boshlangani, muassasada bakalavriatning Tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida amalga oshirilib, ixtisoslik va yuridik fanlarni oʻqitish, shuningdek, chuqurlashtirilgan stajirovkani tashkil etish orqali kadrlarni maqsadli tayyorlashga yoʻnaltirilishi haqida maʼlumotlar berildi.

Qayd etish lozim, oʻqitish davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida 3-yil muddatda tashkil etiladi. Tergov faoliyati yoʻnalishi boʻyicha bitiruvchilari vakolatli davlat organlariga xizmatga qabul qilinganda faqat ofitserlar tarkibiga kiruvchi yoki darajali unvon berilishi koʻzda tutilgan lavozimlarga tayinlanadi.

Do`stlarga ulashing: