Hamkorlikda o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi

Andijon pedagogik texnikumida viloyat yuridik texnikumi bilan hamkorlikda «Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish va giyohvand moddalarning iste’moli hamda tarqalishiga qarshi kurashish» mavzusida o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

Unda texnikumlarning o‘qituvchi va o‘quvchilari, Sharda universitetining professorlari Fayazuddin Moxammed, Amir Ziya, Shyam, xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Hayotbek Maqsudov va boshqalar ishtirok etdi.

Tadbirda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy negiziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yanada oshirishi, ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi ta’kidlandi.

E’tiborlisi, seminar davomida o‘quvchilar ma’ruza va chiqishlarini ingliz tilida olib borishdi.

Tadbir so‘ngida hamkorlar hamda seminar davomida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Do`stlarga ulashing:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan