Andijon viloyati yuridik texnikumida “Idrok” intellektual o‘yinining texnikum bosqichi o‘tkazildi.
Yuridik texnikum o‘quvchi yoshlarining intellektual salohiyatini oshirish, ularga o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida o‘tkazilgan o‘yinda birinchi va ikkinchi bosqichda tahsil oluvchi sakkizta guruh bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
O‘yin davomida o‘quvchi-yoshlar qonunchilikka taklif shaklida tayyorlagan taqdimotlari hamda umumiy, huquqiy va qiziqarli savollarga tezkorlik bilan javob berish bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘oliblik va respublika bosqichiga yo‘llanmani “Legal” jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga esa “Millat umidi” hamda “Legist” jamoalari loyiq deb topildi.
Shuningdek, “Eng ahil jamoa”, “Eng bilimdon ishtirokchi” va “Eng tezkor ishtirokchi” bo‘lgan jamoa va ishtirokchilari ham aniqlandi.
G‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Qayd etish lozimki, har yili noyabr-dekabr oylarida Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari o‘rtasida “Idrok” intellektual o‘yini tashkil etiladi.